Eron Hormuz böğozini minalaştirişga tayyorlanyapti – Reuters
2-07-2025, 14:04
115 марта

Eron Hormuz böğozini minalaştirişga tayyorlanyapti – Reuters
Eron Isroil bilan harbiy töqnaşuvning faol bosqiçida Fors körfazida kemalarga dengiz minalarini yuklagan.Reuters Amerika hukumatidagi manbalarga tayanib, Eron, ehtimol, Hormuz böğozini blokada qilişga tayyorlanayotgan bölişi mumkinligini yozmoqda.
Agentlik, şuningdek, Amerika razvedkasi malumotlariga köra, minalar Isroil Eron yadroviy dasturi bilan boğliq nişonlarga zarba bera boşlaganidan bir neça kun ötib kemalarga ortilgani, biroq örnatilmagani haqida yozadi. Şu bilan birga, ularning saqlaş joylariga qaytarilgan yoki yöqligi ham nomalum.
Ammo ayrim manbalar Eronning xatti-harakatlari AQŞ uçun möljallangan hiyla ekanligini va Tehron aslida ötiş joyini tösib qöyiş niyatida emasligini ham istisno etmayapti.
«Eron harbiylari böğozni tösib qöyiş buyruğini kutib, şunçaki tayyorgarlik körayotgan bölişi mumkin», – deb yozadi Reuters.
Malumot uçun, Hormuz böğozi neftni Fors körfazi davlatlaridan Osiyo bozorlariga yetkazib berişning asosiy yöllaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi neftning beşdan bir qismi Hormuz böğozi orqali ötadi, uning eng tor nuqtasida eni atigi 40 kilometr. Isroil bilan 12 kunlik uruş davomida Eron hukumati mamlakatga qilingan hujumlarga javoban Hormuz böğozini yopişi mumkinligini aytgandi.