AQŞ harbiylari Hormuz böğozining yopilişiga tayyorgarlik boşladi
23-06-2025, 18:32
127 марта
AQŞ harbiylari Hormuz böğozining yopilişiga tayyorgarlik boşladiAQŞning harbiy rasmiylari Eron tomonidan Hormuz böğozini yopiş tahdidi röyobga çiqadigan bölsa, qanday çoralar körilişini közda tutuvçi reja ustida işlamoqda. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Naşr keltirgan harbiylar va tahlilçilarning fikriça, Eron tomonidan uyuştiriladigan raketa va dron hujumlari mintaqadagi AQŞ bazalari va obektlariga jiddiy tahdid soladi. Bazilar esa Eronning “Al-Quds” bölinmalari yoki unga sodiq proksi kuçlar AQŞ kuçlariga bevosita hujum qilişi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Böğozning eng tor qismida uning eni atigi 33 km bölib, bu orqali dunyo böyiça neft va gazning taxminan beşdan bir qismi taşiladi. Agar Eron bu yölni tösib qöysa, Fors körfazidagi AQŞ minalarni yöq qiluvçi kemalari izolyatsiyada qolişi mumkin. Pentagonning ikki vakilining malumotiga köra, AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari kemalarni xavfsizlik nuqtai nazaridan tarqatişga harakat qilmoqda.
Naşrning yozişiça, Eronning harbiy-dengiz kuçlari Isroilning yadro obektlariga bir haftadan ortiq davom etayotgan amaliyotlarida hujumga uçramagan. Şu sababli Tehron hali ham mintaqada kuçli flotga ega. Taxminan 40 mingga yaqin AQŞ harbiysi şu hududda joylaştirilgan. Şuningdek, Eron katta miqdorda suv osti minalariga ega bölib, ularni Hormuz böğoziga joylaştiriş imkoniyatiga ega.
Karnegi fondining Eron böyiça eksperti Karim Sadjodpur bunday stsenariyni “strategik jihatdan özini portlatgan terrorçiga” qiyoslagan.
“Eron böğozni minalasa, mintaqaviy neft obektlarini vayron qilsa yoki Isroilga raketa otib hujum qilsa, katta zarar yetkazişi mumkin. Biroq buning javobida Eronning özi ham omon qolmasligi mumkin”, deyiladi xabarda.
AQŞ dengiz flotining sobiq ofitseriga köra, Eron Hormuz böğozini minalaş orqali AQŞ uçun uni tozalaş operatsiyasini juda xavfli va qimmatga tuşadigan qilişi mumkin. Bu iş kamida bir hafta vaqt oladi.
Biroq bunday harakatning özi Eronga ham katta iqtisodiy zarar yetkazadi, çunki mamlakat eksport qilayotgan neftning deyarli barçasi aynan şu yöldan ötadi. AQŞ va boşqa davlatlar ham böğozning yopilişi natijasida energiya narxlarining keskin oşişi orqali zararga uçraşi mumkin.
Bu hududda AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining 5-floti savdo kemalarining xavfsizligini taminlab keladi.
Vortexa tahlil kompaniyasi bergan malumotlarga köra, 2022 yil boşidan 2025 yil mayigaça böğoz orqali kuniga 17,8 milliondan 20,8 million barrelgaça neft, kondensat va yoqilği ötgan. Iroq, Eron, Quvayt, BAA va Saudiya Arabistoni kabi OPEK azolari eksportining asosiy qismini aynan şu böğoz orqali, asosan Osiyoga yönaltiradi. Dunyoning eng yirik suyultirilgan gaz eksportçilari qatorida bölgan Qatar esa öz mahsulotining deyarli barçasini Hormuz orqali yuboradi.
Eron parlamenti AQŞ tomonidan Forudo, Natanz va Isfahondagi yadro obektlariga bomba taşlanganidan söng böğozni yopişni maqullagan.
Parlamentdagi milliy xavfsizlik va taşqi siyosat böyiça komissiya azosi Ismoil Kousari yakuniy qarorni mamlakat Milliy xavfsizlik kengaşi qabul qilişini malum qilgan,