USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron Isroilga qarşi «zaxiradagi quroli»ni işga solişi mumkin

155 марта

Eron Isroilga qarşi «zaxiradagi quroli»ni işga solişi mumkin

Eron Isroilning harbiy harakatlariga javoban zaxiradagi çora sifatida Hörmuz böğozini tösib qöyişi mumkin. Bu haqda Eron parlamenti deputati, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi qömondonligi vakili Ismoil Kavsariy malum qilgan.
«Duşman harakatlariga nisbatan köplab variantlarda javob beriş imkonimiz bor. Harbiy harakatlar çora-tadbirlarimizning bir qismi, xolos», — degan  Ismoil Kavsariy.  
Eron mulozimi strategik ahamiyatga ega Hörmuz böğozining yopib qöyilişini «eng qatiy çora» deb atagan.

Hörmuz böğozi dunyo böylab energiya resurslarini yetkazuvçi muhim yöl hisoblanadi. Jahon böyiça neftning 20 foizi va tabiiy gazning salmoqli qismi uşbu böğoz orqali ötadi.
Xavfsizlik böyiça ekspert, frantsuz razvedkasining sobiq xodimi Klod Monike «Euronews» telekanaliga bergan intervyusida Hörmuz böğozining yopib qöyilişini «Evropa uçun falokat», deb baholagan.

Yevropaga Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAdan eksport qilinadigan neft va suyultirilgan gazning asosiy qismi uşbu böğoz orqali ötadi. Böğoz yölining tösilişi butun dunyo qatori Yevropada energiya manbalarining taqçilligi hamda neft-gaz narxi oşişiga olib keladi. Bu hol dunyo böylab sanoatning izdan çiqişiga, inflyatsiya körsatkiçining oşişiga ham sabab böladi.

Hörmuz böğozi orqali nafaqat «qora oltin» va «moviy yonilği», şuningdek, elektronika va maişiy istemol mollari ham eksport qilinadi. Böğoz blokadasi, umuman, kemalar qatnovini izdan çiqaradi. 
 
Sönggi yillarda AQŞning tajovuzi ehtimoli kuçaygan pallalarda Eron bir neça bor Hörmuz böğozini yopiş bilan tahdid qilgan.
Tahlilçilarga köra, Hörmuz böğozining tösib qöyilişidan Eron bilan iliq munosabatga ega davlatlar, jumladan, Xitoy ham katta ziyon köradi. Qolaversa, suv yölining yopilişi xalqaro hamjamiyatning Eronga nisbatan salbiy munosabatini orttiradi. Bu omillar rasmiy Tehronni bunday keskin qadamdan qaytarişi mumkin.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: