Eron harbiy qömondonlari öldirildi – OAV
13-06-2025, 11:01
268 марта

Eron harbiy qömondonlari öldirildi – OAV
Bugun, 13 iyunga ötar keçasi Isroilning Eronga uyuştirgan hujumi ortidan mamlakat Qurolli kuçlari boş ştabi boşliği general-polkovnik Muhammad Bağiriy, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) boş qömondoni Huseyn Salamiy hamda Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning maslahatçisi Ali Şamxoniy öldirildi. Bu haqda SEPAH cyber xabar berdi.Qayd etilişiça, Oyatulloh Ali Xomanaiyning farmoniga köra, Habibullo Sayyoriy Qurolli kuçlar Boş ştabi boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan. Sobiq içki işlar vaziri Vohidiy esa Islom inqilobi qöriqçilari korpusi boş qömondoni lavozimini egallagan.
Mazkur tayinlovga qadar Sayyoriy Eron armiyasi boş qömondonining örinbosari bölgan. Yuqoridagi harbiy tuzilmalar rahbarlari – Salamiy va Bağiriy esa ilgariroq Isroil zarbasi oqibatida halok bölgan.
Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroil hujumi yuzasidan bayonot berib, bir qator eronlik qömondonlar halok bölganini tasdiqladi, biroq ularning ismini oçiqlamadi. Şuningdek, u Isroilga “oğir jazo” bilan tahdid qildi.
“Bugun tongda sionistik rejim bizning hududimizda jirkanç jinoyat sodir etdi – u turarjoy hududlarini nişonga olib, özining yovuz tabiatini foş etdi. Endi u oğir jazo kutişini bilişi kerak. Allohning irodasi bilan Eron Qurolli kuçlarining qudratli qöli bu jinoyatni javobsiz qoldirmaydi. Uşbu hujumda bir qator qömondonlarimiz va olimlarimiz şahid böldi. Ularning örnini zudlik bilan davom ettiruvçilar egallaydi va missiyasini davom ettiradi. Bu jinoyat orqali sionistik rejim öziga aççiq va alamli taqdirni muhrladi va u bu taqdirga albatta duç keladi”, dedi u.