9-kun. Eron va Isroil zarba berişda davom etmoqda
21-06-2025, 12:54
129 марта

9-kun. Eron va Isroil zarba berişda davom etmoqda
Bugun, 21 iyun kuni ertalab Eron Tehron yadroviy dasturi böyiça tahdid ostida muzokara ötkazmasligini aytganidan söng, Eron va Isroil özaro yangi hujumlar amalga oşirdi. Yevropa esa tinçlik muzokaralarini saqlab qolişga harakat qilmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Eronning “Fars” agentligi xabar berişiça, Isroil mamlakatdagi eng yirik yadroviy obektlardan biri – Isfahon yadroviy majmuasiga hujum qilgan. Ammo radiatsion moddalar oqib çiqmagan. Qöm şahridagi bir bino ham nişonga olingan, dastlabki malumotlarga köra, 16 yoşli yigit halok bölgan va yana ikki kişi yaralangan.
Isroil armiyasi esa Erondagi raketa omborlari va uçiriş infratuzilmalariga katta hajmdagi zarbalarni amalga oşirganini malum qildi.
Mahalliy vaqt bilan soat 2:30 da Isroil hukumati Eron tomonidan raketalar zarbasi yuborilayotgani haqida ogohlantiruv berdi. Tel-Aviv va markaziy hududlarda havo hujumi sirenalari yangradi. Ğarbiy Sohildagi Isroil tomoni egallab turgan hududlarda ham sirenalar eşitildi. Tel-Aviv osmonida raketa tösiş tizimlari işga tuşirilib, portlaşlar sadosi eşitildi. Isroilning milliy yordam xizmati – “Magen David Adom”ga köra, janubiy Isroilda ham sirenalar eşitilgan.
Isroil armiyasiga köra, Eron tomoni 5 ta ballistik raketa uçirgan, ammo ular haligaça töliq maqsadga yetmagan. Isroilda halok bölganlar haqida dastlabki malumot yöq. Faqatgina bir köp qavatli turarjoy binosi tomida yonğin çiqqan, bu qaytarilgan raketa parçalari sabab yuz bergani aytilmoqda.