Saudiyadagi AQŞ bazalari Eronga qarşi foydalanilişi mumkin
8-03-2026, 18:43
153 марта

Saudiyadagi AQŞ bazalari Eronga qarşi foydalanilişi mumkin
Saudiya Arabistoni Eron va AQŞ örtasidagi mojaroni diplomatik yöl bilan hal etişni qöllab-quvvatlaydi. Biroq qirollik hududi yoki uning energetika infratuzilmasiga Eron hujumlari davom etsa, Ar-Riyod javob çoralarini körişi mumkin. Bu haqda masaladan xabardor tört manba Reuters agentligiga malum qildi.Manbalarga köra, 6 mart kuni Saudiya taşqi işlar vaziri şahzoda Faysal bin Farhoneronlik hamkasbi Abbos Aroqçi bilan telefon orqali muloqot qilib, Ar-Riyod pozitsiyasini yetkazgan. U keskinlikni kamaytiriş va mojaroni muzokaralar orqali hal etişga qaratilgan vositaçilikni qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Şuningdek, Saudiya Arabistoni va Fors körfazidagi boşqa davlatlar Eron hududiga zarba beriş uçun AQŞga öz havo hududi yoki yeridan foydalanişga ruxsat bermaganini takidlagan. Ammo şahzoda Faysal agar Eronning Saudiya hududi yoki energetika infratuzilmasiga hujumlari davom etsa, AQŞ kuçlariga qirollikdagi bazalardan harbiy amaliyotlar uçun foydalanişga ruxsat berişga majbur bölişini aytgan.
U qirollikning muhim energetika obektlariga hujumlar davom etsa, javob zarbalari berilişi mumkinligidan ogohlantirgan. 28 fevral kuni Eron yadroviy dasturi böyiça muzokaralar barbod bölganidan söng AQŞ va Isroilning Eronga qarşi hujumlari boşlandi. Şundan beri Saudiya Arabistoni elçisi orqali Tehron bilan muntazam aloqada bölib kelmoqda.
Sönggi bir hafta içida Birlaşgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Qatar, Bahrayn va Saudiya Arabistoni Eron tomonidan uyuştirilgan dron va raketa zarbalariga uçradi.