Koreya Erondagi uruş sabab Qozoğistondan neft sotib olmoqçi
13-04-2026, 09:03
116 марта

Koreya Erondagi uruş sabab Qozoğistondan neft sotib olmoqçi
Janubiy Koreya Qozoğiston bilan yirik neft yetkazib beriş böyiça kelişuv tuziş arafasida turibdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Janubiy Koreya Sanoat vaziri Kim Çjong-kvanning aytişiça, kelişuv böyiça aniq hajm va logistika masalalari kelasi hafta boşida elon qilinişi kutilmoqda.
Seul energiya manbalarini diversifikatsiya qilişga harakat qilmoqda, çunki mamlakat ananaviy ravişda neft importining qariyb 70 foizini Yaqin Şarqdan oladi. Hormuz böğozidagi uzilişlar esa energiya xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
Şu sababli Janubiy Koreya Markaziy Osiyoga yuzlanmoqda. Yuqori darajadagi delegatsiya, jumladan Prezident mamuriyati rahbari va Kim iştirokida, Qozoğiston, Ummon hamda Saudiya Arabistoniga taşrif buyurgan.
Vazirning takidlaşiça, Qozoğistondan neft yetkazib beriş 50–60 kun vaqt oladi, bu AQŞdan keladigan neft bilan deyarli bir xil muddat. Uzoq logistikaga qaramay, asosiy maqsad – Hormuz böğozi bilan boğliq xavfni kamaytiriş.
Şu bilan birga, mamlakat energiya taminotini mustahkamlaş uçun boşqa çoralarni ham körmoqda. Xususan, ötgan oyda Birlaşgan Arab Amirliklari bilan 24 mln barrel neft yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişilgan.
Mutaxassislarning fikriça, Janubiy Koreyaning bunday faol siyosati global energiya bozoridagi beqarorlik şaroitida mamlakat sanoati raqobatbardoşligini saqlab qolişda muhim omil hisoblanadi.