Qozoğiston Yevropaga neft yetkazib berişni oşirdi
4-11-2025, 20:12
118 марта

Qozoğiston Yevropaga neft yetkazib berişni oşirdi
Qozoğiston neftini Germaniyaga yetkazib beriş hajmi 2025 yil oktyabrida 225 ming tonnani taşkil etdi – bu sentyabr oyiga nisbatan 25 foizga köp. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni “QazTransOyl” (QTO) milliy kompaniyasi malumotlariga tayanib, “Interfaks-Qozoğiston” agentligi xabar berdi.“2025 yil oktyabrida “QazTransOyl” aktsiyadorlik jamiyati “Transneft”ning magistral neft quvurlari tizimiga Germaniya yönalişidagi “Adamova zastava” neft qabul nuqtasi orqali 225 ming tonna qozoq neftini jönatdi”, deyilgan kompaniya bayonotida.
Qozoğiston “Drujba” neft quvuri orqali Germaniyaga neft yetkazib berişni 2023 yilda boşlagan. 2024 yil davomida bu yönaliş böyiça 1,5 million tonna xomaşyo eksport qilingan.
Dastlab “QazMunayGaz” 2025 yilda şunga yaqin hajmni saqlab qolişni rejalaştirgan edi, ammo keyinçalik kompaniya bu körsatkiçni 2 million tonnagaça oşiriş niyati borligini malum qildi.
Kompaniya rahbari Asxat Xasenov oktyabr oyida bildirişiça, Qozoğiston yil yakuniga qadar Germaniyaga 1,7 million tonna neft yetkazib berişni kutmoqda.
Qozoğiston va Germaniya hukumatlari neft yetkazib beriş hajmini oşiriş masalasini muloqot yölida muntazam muhokama qilib kelmoqda. Qozoğiston Energetika vaziri Yerlan Akkenjenov takidlaganidek, “Drujba” neft quvurining texnik salohiyati yiliga 2,5 million tonna neft eksport qiliş imkonini beradi.