USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiya sanktsiyalar sabab Rossiyadan neft xaridini qisqartirdi – “Reuters”

105 марта

Turkiya sanktsiyalar sabab Rossiyadan neft xaridini qisqartirdi – “Reuters”

Turkiyaning neft qayta işlaş zavodlari AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Britaniyaning Rossiya neft sanoatiga qarşi sanktsiyalaridan keyin Iroq va Qozoğistondan köproq neft sotib ola boşladi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Reuters” agentligi keça, 2 noyabr kuni xabar berdi.


Sanktsiyalar Moskva Ukrainadagi uruşni töxtatmaganidan keyin joriy etilgan edi.
“Reuters” malumotlariga köra, Turkiyaning eng yirik neft qayta işlaş zavodlaridan biri — SOCAR Turkey Aegean Refinery, Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasiga tegişli bölib, yaqinda “Iroq, Qozoğiston va boşqa rossiyaniki bölmagan işlab çiqaruvçilardan tört partiya neft xomaşyosi”ni dekabr oyida yetkazib beriş uçun xarid qilgan.

Yana bir yirik turk qayta işlovçi – Tupras ham Rossiyadan taşqari manbalardan neft olişni oşirgan, jumladan Iroqdan keltirilayotgan Urals’ga öxşaş sortlar ham bor. “Reuters”ning suhbatdoşlari aytişiça, ikkita katta zavodga ega Tupras yaqin vaqtda zavodlardan biri uçun rus nefti importini butunlay töxtatişi mumkin. Şu bilan birga, kompaniya ilk bor Braziliyadan neft xarid qilgan va noyabr boşida Angoladan Mostarda sortidagi ikkinçi partiyani kutmoqda.

Xitoy va Hindiston bilan bir qatorda, Turkiya ham Rossiya neftining yirik xaridorlaridan biri hisoblanadi. “Reuters” manbalariga köra, noyabr oyida Turkiya kuniga 141 ming barrel Iroq neftini qabul qiladi – bu oktyabrdagi 99 ming barrelga va yil boşidan buyongi örtaça 80 ming barrelga nisbatan ança köp.

Şu bilan birga, oktyabrgaça Turkiyaning neft importining 47 foizi yoki 317 ming barreli kunlik hisobda Rossiyaga töğri kelgan.

22 oktyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kreml Ukrainadagi uruşni töxtatişdan boş tortganidan söng, Rossiyaning ikki eng yirik neft kompaniyasi — “Rosneft” va “Lukoyl”, şuningdek, ularning 34 ta tutaş tuzilmalariga qarşi sanktsiyalar joriy etdi. AQŞ Moliya vazirligi sanktsiya ostidagi kompaniyalar bilan operatsiyalarni tugatiş uçun bir oy muhlat bergan.

Yevropaga “Gazprom” gazining Turkiya orqali yetkazilişi oktyabr oyida oşib bordi. Bu haqda 1 noyabr kuni Yevropaning Gaztransport tizimlari operatorlari tarmoği (ENTSOG) saytidagi oçiq malumotlardan malum böldi.
Malumotlarga köra, Turkiya va Bolgariya çegarasidagi “Strandja 2 / Malkoçlar” nuqtasi orqali oktyabrda 17 403 GVt*soat gaz ötgan. Bu sentyabrga nisbatan 8,7 foizga, 2024 yil oktyabriga nisbatan esa 13 foizga köp. Joriy yil boşidan buyon uşbu yönaliş orqali 152 000 GVt*soat gaz yetkazilgan – ötgan yilning şu davriga nisbatan 7,5 foizga köp.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: