Rossiyaning eng muhim neft markazi Primorsk porti qayta iş boşladi
15-09-2025, 23:51
124 марта

Rossiyaning eng muhim neft markazi Primorsk porti qayta iş boşladi
Rossiya neftini eksport qiliş uçun asosiy markaz bölgan Primorsk porti iş faoliyatini qayta tikladi. Port Ukrainaning dron hujumlari sababli işdan çiqqan edi. Bu haqda Bloomberg naşri xabar berdi.Manbaga köra, 14 sentyabr kuni Walrus va Samos tankerlari Primorsk portida neft yuklagan. Walrus allaqaçon portni tark etgan, Samos esa Turkiyaga möljallangan yuk bilan hanuz joyida turibdi. Yana bir tanker — Jagger neft terminali yoniga töxtagan.Primorsk Rossiyaning Boltiq dengizidagi eng yirik neft terminali bölib, bu yerda kuniga 970 ming barrel Urals markali neft yuklanadi.
AQŞ va Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi uruş sababli Rossiya neftiga çeklovlar joriy qilganidan söng, Moskvaning asosiy xaridorlari Xitoy va Hindiston bölib qolmoqda. Qöşma Ştatlar Yevropa va boşqa ittifoqçilari bilan birga Xitoy va Hindistonga bojxona bojlari qöllaşni rejalamoqda. Ularning fikriça, bu mamlakatlar Rossiya neftini sotib olib, Vladimir Putinga uruş maşinasini moliyalaştirişda yordam bermoqda.