Rossiya neftsiz qolmoqda – OAV
28-08-2025, 18:30
430 марта

Rossiya neftsiz qolmoqda – OAV
Avgust oyining özida Ukraina tomonidan uyuştirilgan hujumlar oqibatida Rossiyaning 10 ta neftni qayta işlaş zavodi işdan çiqdi va oqibatda mamlakat umumiy quvvatining kamida 17 foizi, yani kuniga 1,1 million barrel neft (1 barrellik hajm taxminan 159 litrga teng) yöqotildi. Bu haqda mamlakat içidagi manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Uşbu yöqotişlar sababli Rossiya ğarbiy portlardan neft xomaşyosi eksporti rejasini qayta körib çiqmoqda. Qayd etiş joiz, avgust oyi uçun eksport hajmi kuniga 200 ming barrelga kamaytirilgan, biroq davom etayotgan ketma-ket hujumlar va tamirlaş işlaridagi keçikişlar sabab kelgusidagi eksport rejasi qoronğuligiça qolmoqda.
Kelayotgan sentyabr oyi böyiça esa neft sotuvçilari hali yakuniy rejalarni olmagan. Ayrim manbalarning hisoblaşiça, “Drujba” quvuriga va Ust-Luga yönalişiga yetkazilgan zarar eksport hajmini kuniga 500 ming barrelgaça qisqartirib yuborgan.
Yana bir manbaga köra, Ust-Luga porti hozirça özining 700 ming barrelga teng imkoniyatidan atigi yarmi bilan işlamoqda va qaçon töliq quvvatga qaytişi nomalum. Bu balki Rossiyaga nisbatan joriy qilinadigan sanktsiyalar yuqori çöqqisiga çiqqani sababli sodir bölgan bölişi mumkin.
“Deutsçe Welle” naşrining malumotiga köra, hujumlar Rossiyaning nafaqat işlab çiqarişini izdan çiqargan, balki mamlakatning bir qator hududlarida benzin tanqisligiga ham olib kelgan. Xususan, Novokuybişevsk, Saratov, Samara, Volgograd va Sizran zavodlari töliq töxtab qolgan, şuningdek, Afipskiy, Slavyansk va Novoşaxtinskdagi işlab çiqariş binolari ham hujumga uçragan.
“Reuters” naşri 1 avgust kuni ham neft bozoridagi xaridor va savdogarlarga tayangan holda Rossiyada avgust va sentyabr oylarida benzin yetkazib berişda uzilişlar kutilayotganini xabar bergan edi. 2024 yilda dron hujumlaridan söng, Rossiya hukumati benzin va dizel işlab çiqariş statistikalarini oşkor qilmay qöygan, naşr hisob-kitobiga köra, ötgan yili neftni qayta işlaş hajmi sönggi 12 yildagi eng past darajaga – 269,9 million tonnaga tuşib ketgan.