Rossiya yaqin oylarda benzin taqçilligiga duç keladi – “Reuters”
2-08-2025, 17:00
203 марта

Rossiya yaqin oylarda benzin taqçilligiga duç keladi – “Reuters”
Rossiya avgust va sentyabr oylarida benzin yetkazib berişda uzilişlar bölişini kutmoqda. Bu haqda keça, 1 avgust kuni yoqilği bozori iştirokçilariga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.Qayd etilişiça, Rossiyada benzin narxi eksportga taqiq qöyilganiga qaramay ösişda davom etmoqda va avgust oyida mahsulot narxining oşişiga taqçillik tahdidi qöşilişi mumkin, deb yozadi naşr.
“Avgust-sentyabr oylarida juda qiyin böladi. Bir joyda mahalliy tanqislik paydo bölişi mumkin. Biz 2023 va 2021-yillardagi inqirozlarga öxşaş narsani köramiz”, dedi agentlik suhbatdoşlaridan biri narxlar pasayişni oktyabr oyida, talab pasayganda boşlaşi mumkinligini takidlab.
Bozor iştirokçilarining fikriça, yoqilğiga mavsumiy talab yuqoriligiça qolmoqda va avgust oyida joriy etilgan uning eksportiga taqiq yetarli emas: içki istemol kölamiga nisbatan eksport qilinadigan tijorat benzinining hajmi Rossiya bozorida taklifning ortiqça qismini yaratiş uçun juda kiçik. “Reuters” manbalarining işonişiça, bu narxlarning ösiş suratlarini sekinlaştiriş va yoqilği quyiş şoxobçalarini yetkazib berişda uzilişlarning oldini oliş uçun tartibga soluvçilardan qöşimça harakatlarni talab qiladi.
“Reuters”ning ismi oşkor etilmagan neft kompaniyasidagi manbasiga köra, benzin ulgurji narxining ösişini çeklaş uçun hukumat neftni qayta işlaş zavodlari uçun birja savdosining majburiy uluşi uçun standartni yana bir bor oşirişi, narxlarning oşişini çeklaşi va dron zarbalari oqibatida zarar körgan neftni qayta işlaş zavodlarini tamirlaş jadvalini özgartirişi mumkin.
“Bozor endi töliq qölda nazorat qilişni talab qiladi”, dedi u va hokimiyat belarusliklardan benzin yetkazib berişda ham “yordam söraşini” takidladi.