Şimoliy Koreya Ukrainaga qarşi harbiy amaliyotlarda iştirok etiş uçun iyul yoki avgust oylarida Rossiyaga qöşimça qöşin yuborişi mumkin

Şimoliy Koreya Ukrainaga qarşi harbiy amaliyotlarda iştirok etiş uçun iyul yoki avgust oylarida Rossiyaga qöşimça qöşin yuborişi mumkin, deb xabar berdi Reutersagentligi Janubiy Koreya razvedkasi malumotlariga tayanib. Şuningdek, KXDR Rossiya tomoniga qurol ham yetkazib berayotgani takidlanmoqda.
Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati (NIS) asos sifatida «Rossiya prezidenti xavfsizlik xizmati yuqori lavozimli amaldorining Pxenyanga yaqinda qilgan taşrifini» keltirmoqda.
Janubiy Koreya razvedkasi şuningdek, Şimoliy Koreya öz qöşinlarini tayyorlagani haqida malumot olgan. NIS malumotlariga köra, buning evaziga KXDR «suniy yöldoşlarni uçiriş va raketalarni boşqariş tizimlari böyiça texnik maslahat olişi mumkin».
Iyun oyida Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Sergey Şoygu Pxenyanga ikki marta taşrif buyurdi. Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In 17 iyun kuni, Şoyguning ikkinçi taşrifidan söng, Kursk viloyatiga minglab sapyorlar va harbiy quruvçilarni yuborişga qaror qildi. Şuningdek, u Ukrainadagi vaziyatda Rossiya Federatsiyasini qöllab-quvvatlaşga yana bir bor vada berdi.
2024 yil iyun oyida Rossiya va Şimoliy Koreya yetakçilari har tomonlama strategik şeriklik töğrisidagi şartnomani imzolagan edi. Unda tomonlardan biriga qurolli hujum sodir bölgan taqdirda zudlik bilan harbiy yordam körsatiş majburiyatini yuklaydi. KXDR askarlari Kursk viloyatini Ukraina Qurolli Kuçlaridan ozod qilişda iştirok etdi: aprel oyida bu haqda birinçi bölib Rossiya Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov gapirgan edi. May oyida Vladimir Putin KXDRga harbiy yordami uçun minnatdorlik bildirdi.