Şimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming nafar işçi yubordi
5-05-2025, 18:39
348 марта

Rossiyalik iş beruvçilar şimoliy koreyalik işçilarni kam haq evaziga har kuni 12 soatlab şikoyatsiz işlaşga tayyor bölgani uçun ham qadrlaşini bildirgan.
Bu BMT Xavfsizlik kengaşining Pxenyanning yadroviy va ballistik dasturlarini moliyalaştirişni çeklaş maqsadida joriy qilgan sanktsiyalarini buzadi. Uşbu sanktsiyalar Şimoliy Koreya fuqarolarining xorijda mehnat qilişini taqiqlaydi.
Köplab şimoliy koreyalik muhojirlar Rossiyaga talaba vizasi bilan kelgan. 2024 yilda ularning soni avvalgi yilga nisbatan 12 baravarga oşgan. Şu yili KXDR fuqarolariga 8 600 ga yaqin talaba vizasi berilgan. Bir yil oldin Rossiya Talim vazirligi mamlakat oliy öquv yurtlarida uşbu davlatning 130 nafar fuqarosi öqigani haqida xabar bergandi.
Hozirda Şimoliy Koreyadan kelgan migrantlar asosan Rossiyaning Uzoq Şarq mintaqasida işlamoqda. Biroq yaqin orada ular yirik şaharlarga, jumladan Moskvaga jalb etilişi mumkin. KXDR işçilari Ukrainadagi uruş tufayli Rossiyada işçi kuçi tanqisligini qoplaş uçun zarur bölmoqda.
Hatto KXDRdan kelayotgan işçilarning keskin köpayişi ham bu tanqislikni töliq qoplay olmaydi, biroq yordam berişi mumkin. Rossiyalik iş beruvçilar şimoliy koreyalik işçilarni kam haq evaziga har kuni 12 soatlab şikoyatsiz işlaşga tayyor bölgani uçun qadrlaydi, deyiladi xabarda.
BMTning 2019 yilda kuçga kirgan sanktsiyalaridan oldin Pxenyan Rossiyaga ön minglab işçilar yuborgan. Ular asosan quriliş va örmonçilik sohasida işlagan. Şimoliy Koreyadan qoçganlarning sözlariga köra, u yerda hukumat işçilarning maoşining taxminan 90 foizini olib qöygan. Ularga esa oyiga atigi 100–200 dollar qolgan.