Pokiston Afğoniston bilan çegarada 54 jangarini yöq qildi
28-04-2025, 17:07
179 марта

Pokiston Afğoniston bilan çegarada 54 jangarini yöq qildi
Pokiston xavfsizlik kuçlari Afğoniston bilan çegaradoş Şimoliy Vaziriston hududida ötkazilgan operatsiya davomida 54 nafar jangarini yöq qildi. Bu haqda Pokiston armiyasi bayonot berdi.
Qayd etilişiça, xavfsizlik kuçlari Afğonistondan mamlakatga kirişga uringan jangarilarga qarşi operatsiya ötkazgan. Şimoliy Vaziristonda xavfsizlik kuçlari “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” harakati azolari deb topilgan 54 nafar jangarini yöq qilgan.
“Bu odamlar Pokiston hududida terrorçilik harakatlarini sodir etiş uçun yuborilgan”, deyiladi xabarda.
Pokiston rasmiylarining takidlaşiça, uşbu jangarilardan taşqari ham “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” harakati azolari mamlakatda joylaşgan bölib, u yerdan öz hujumlarini rejalaştirmoqda va muvofiqlaştirmoqda. Bunga javoban Qobuldagi “Tolibon” rahbariyati Pokistondagi guruhning harakatlariga aloqadorligini va ayblovlarni rad etmoqda.