Hindiston AQŞ bosimiga qaramay rus neftini yana sotib olişni boşladi — Reuters
3-11-2025, 14:17
87 марта

Hindiston AQŞ bosimiga qaramay rus neftini yana sotib olişni boşladi — Reuters
Hindistonning davlatga qaraşli eng yirik neft kompaniyasi Indian Oil Corporation (IOC) Qöşma Ştatlarning bosimiga qaramay, Rossiyadan neft sotib olişni qayta boşladi. Reuters’ning malum qilişiça, kompaniya dekabr oyi uçun beşta tankerda “qora oltin” buyurtma qilgan. Ularda jami 3,5 million barrel ESPO markali neft bor bölib, bunday xom aşyo odatda Rossiyaning Tinç okeani portlaridan yuboriladi.Bu Vaşington Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoyl” kabi eng yirik neft kompaniyalariga sanktsiyalar joriy etganiga qaramay sodir böldi. Holbuki, Oq uy Kremlni neftdan keladigan daromaddan mahrum etiş orqali Rossiyaga bosimni kuçaytirişni reja qilgan edi. AQŞ Moliya vazirligi şu maqsadda rus neftining xaridorlariga murojaat qilib, muqobil manbalar topiş uçun 21 noyabrgaça muhlat bergandi.

Hindistonning boşqa yirik kompaniyalari, jumladan Reliance Industries va Mangalore Refinery esa huquqiy tekşiruvlar yakunlanmagunga qadar xaridlarni vaqtinça töxtatgan. Dehli öz energetik xavfsizligini rökaç qilib, rus neftidan voz keçiş talabi sabab Qöşma Ştatlar bilan diplomatik taranglikka ham bordi.