USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saudiya va BAA Trampdan uruşni davom ettirişni söradi – OAV

210 марта

Saudiya va BAA Trampdan uruşni davom ettirişni söradi – OAV

Fors körfazidagi arab davlatlari AQŞ Prezidenti Donald Trampning Eron bilan uruşni tugatiş böyiça kelişuv tuziş niyatidan xavotirda. Ular bunday kelişuv oqibatida mintaqada ğazabnok va hamon qudratli raqib bilan yuzma-yuz qolişdan qörqmoqda va harbiy harakatlarni davom ettirişni talab qilmoqda. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, “The Wall Street Journal” (WSJ) xabar berdi.

Qayd etilişiça, bu orada Turkiya Yaqin Şarq mamlakatlarini uruşni tezroq tugatiş zarurligiga işontirişga urinib, faol diplomatik say-harakatlarni boşlagan. Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari yetakçilari esa Trampni Eron qöşnilariga xavf tuğdirmaydigan darajada zaiflaşgunça uruşni davom ettirişga köndirişga harakat qilmoqda. Gazeta manbalariga köra, Ar-Riyod AQŞ tomonidan Eronga topşirilgan 15 banddan iborat Tramp rejasidan qoniqiş hosil qilmagan. Uşbu reja Eron AQŞ bilan kelişmovçilikka sabab bölayotgan barça asosiy masalalar böyiça yon bosişi evaziga nizoni hal qiliş va sanktsiyalarni töliq bekor qilişni közda tutadi.

Saudiya Arabistoni va BAA hozirgi bosqiçda kelişuv tuzilişi Eronga Fors körfazidan energiya resurslari eksportini uzoq vaqt davomida nazorat qiliş imkonini berişi va boşqa davlatlar xavfsizligini xavf ostiga qöyişidan xavotirda. Hozirda Eron amalda jahon bozoriga kuniga qariyb 20 million barrel neft va neft mahsulotlari çiqariladigan, şuningdek, dunyodagi suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksportining 20 foizidan ortiği ötadigan Hormuz böğozini tösib qöygan. Tehron uşbu muhim arteriya ustidan nazoratni uruşdan keyin ham saqlab qolmoqçi.

Eron kemalarning böğoz orqali ötişi uçun haq olişni boşladi va bu haqda Xalqaro dengiz taşkilotiga maktub yölladi. Unda aytilişiça, Eronga nisbatan duşmanlik kayfiyatida bölmagan mamlakatlar kemalari “agar Eronga qarşi tajovuzkor harakatlarda qatnaşmasa, ularni qöllab-quvvatlamasa hamda elon qilingan xavfsizlik qoidalariga töliq rioya qilsa, Eronning tegişli organlari bilan kelişilgan holda Hormuz böğozi orqali xavfsiz ötiş huquqidan foydalanişi mumkin”.

AQŞ va Eron bir-biriga nisbatan maksimal darajadagi talablarni ilgari surdi. Xususan, Tramp rejasi quyidagilarni öz içiga oladi:
  • Eron yadro obektlarini demontaj qiliş;
  • Uranni boyitişdan töliq voz keçiş;
  • Raketa dasturlariga çeklovlar qöyiş;
  • Hormuz böğozi orqali erkin va xavfsiz ötiş kafolatlari;
  • Eron tomonidan mintaqadagi jangarilarni qöllab-quvvatlaşni töxtatiş.
WSJ naşrining hujjat bilan taniş manbalarga tayanib yozişiça, Eron bunga javoban AQŞga quyidagi talablarni yuborgan:
  • Sanktsiyalarni töliq bekor qiliş;
  • Uruş uçun reparatsiya (tovon) tölaş;
  • Hormuz böğozidan ötadigan kemalar uçun haq joriy etiş (Misr Suvayş kanalida oladigan yiğimlar kabi);
  • Mintaqadagi AQŞ harbiy bazalarini yopiş;
  • Eronga raketa dasturini çeklovlarsiz davom ettirişga ruxsat beriş;
  • Uruş qayta boşlanmasligi böyiça kafolatlar;
  • Isroilning Tehron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi Livanning “Hizbulloh” guruhiga zarbalarini töxtatiş.
Tramp nafaqat ommaviy ravişda, balki şaxsiy suhbatlarda ham harbiy harakatlarni diplomatik yöl bilan töxtatişga tayyorligini bildira boşlagan. “Bloomberg” xabariga köra, Turkiya ham tezroq kelişuvga erişiş uçun say-harakatlarni boşlagan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: