Eron uruşni tugatiş uçun “ultimatum” qöydi – OAV
24-03-2026, 09:38
522 марта

Eron uruşni tugatiş uçun “ultimatum” qöydi – OAV
Eron Yaqin Şarqdagi uruşni töxtatiş uçun AQŞ va Isroilga qatiy şartlar qöydi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.Manbaga köra, mintaqadagi vositaçilar AQŞ va Eron örtasida muzokaralarni yölga qöyişga urinmoqda, biroq tomonlar örtasida jiddiy kelişmovçiliklar saqlanib qolgan. Muzokaralarning asosiy masalalaridan biri – Hormuz böğozini oçiş, çunki u dunyo energiya taşuvlari uçun muhim yöl hisoblanadi. Hozirda Eron bu yölni yopgan va ötişga uringan kemalar hujumlarga uçrayotgani aytilmoqda.
Vositaçilar böğoz nazoratini neytral mintaqaviy qömitaga topşirişni taklif qilgan. Misr esa işonçni mustahkamlaş uçun 5 kunlik öt oçişni töxtatişni taklif etgan.
Eron tomoni, ayniqsa Islom inqilobi qöriqçilari korpusi orqali bir qator talablarni ilgari surgan. Ular orasida böğoz orqali ötuvçi kemalardan tölov undiriş, uruş qayta boşlanmasligiga kafolat oliş, “Hizbolloh”ga qarşi zarbalarni töxtatiş, Fors körfazidagi AQŞ bazalarini yopiş va Eron körgan zarar uçun kompensatsiya tölaş talablari bor.
Maqolada takidlanişiça, 16 mingdan ortiq havo zarbalariga qaramay, Eron öz pozitsiyasini saqlab qolganini va mintaqadagi muhim obektlarga zarba bera oliş qobiliyatiga ega ekanini körsatgan. Şu sababli Tehron oddiy sulh bilan uruşni tugatişga tayyor emas.
Boşqa tomondan, AQŞ ham öz talablarini ilgari surmoqda: Eronning raketa dasturini töxtatiş, uranni boyitişni bekor qiliş, mintaqaviy guruhlarni qöllab-quvvatlaşni tugatiş va Hormuz böğozini heç qanday şartsiz oçiş. Bu pozitsiyani AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham tasdiqlagan.
Fors körfazi davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni, Eronning böğoz ustidan ustunlikka ega bölişiga qarşi çiqmoqda.
Şu bilan birga, vositaçilik jarayonida Qatar va Ummon faol iştirok etmoqda, Turkiya va Pokiston ham alohida muzokaralar olib borgan.
Umuman olganda, diplomatik say-harakatlarga qaramay, tomonlar pozitsiyalari juda uzoq bölib qolmoqda va tez orada kelişuvga erişiş ehtimoli past deb baholanmoqda.