Eron Hurmuz böğozini yopdi — Reuters
28-02-2026, 22:23
358 марта

Eron Hurmuz böğozini yopdi — Reuters
Eron Hurmuz böğozini qatnovçi kemalar uçun yopgani haqida xabar berildi. Bu dunyodagi eng muhim neft taşiş yönalişlaridan biridir.Eron islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) Hurmuz böğozida kemalar harakatini töxtatganini bildirdi. Reuters agentligining xabar berişiça, IIQK radioaloqa orqali «biron-bir kemaning Hurmuz böğozi orqali ötişiga ruxsat berilmasligi» haqida ogohlantirmoqda.

Agentlik suhbatdoşining qayd etişiça, Eron rasmiylari Hurmuz böğozi yopilgani haqida hali rasman elon qilmagan.
Fors körfazidan neft taşuvçi tankerlar aynan Hurmuz böğozi orqali ötadi. Eron hukumati dunyodagi jami neft taşiş hajmining uçdan bir qismi ötadigan uşbu böğozni yopib qöyişi haqida bir neça bor tahdid qilgan edi.