Eron muzokara oldidan harbiy maşğulotlarni boşlab yubordi
17-02-2026, 13:40
66 марта

Eron muzokara oldidan harbiy maşğulotlarni boşlab yubordi
Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi keça, 16 fevral kuni Hormuz böğozi hududida harbiy-dengiz maşqlarini boşladi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.Naşrning malumotiga köra, maşğulotlar dengiz kuçlarining “ehtimoliy harbiy va xavfsizlik tahdidlariga” tayyorgarligini baholaş maqsadida taşkil etilgan. Maşqlarni korpusning boş qömondoni general-mayor Muhammad Pakpur şaxsan kuzatgan.
Bu jarayon AQŞ tomonidan bosim kuçaygan bir paytga töğri kelgan. AQŞ Prezidenti Donald Tramp sönggi haftalarda Eronni ommaviy noroziliklarni qattiq bostirgani ortidan bir neça bor harbiy zarba bilan tahdid qilgan. Şuningdek, Vaşington muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, harbiy stsenariy ham körib çiqilişini bildirib, mintaqaga ikkinçi avianosets zarba guruhini yuborgan.
17 fevral kuni Jeneva şahrida Eron va AQŞ örtasida, Ummon vositaçiligida, muzokaralarning ikkinçi raundi ötişi rejalaştirilgan. Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Jenevaga “adolatli va teng huquqli kelişuv” böyiça aniq takliflar bilan kelganini aytgan hamda tahdidlar oldida taslim böliş mumkin emasligini takidlagan.
Vaşington muzokaralar doirasiga Eronning raketa dasturi va mintaqadagi qurolli guruhlarni qöllab-quvvatlaşi masalasini ham kiritişni istamoqda. Tehron esa faqat yadroviy dastur muhokama qilinişi kerakligini bildirmoqda.
Korpusning bayonotiga köra, maşqlar maqsadi Hormuz böğozida “oqilona nazorat”ni taminlaşdir. Uşbu strategik yölak orqali dunyo dengiz neft taminotining taxminan uçdan biri ötadi. Eron avval ham ehtimoliy hujum holatida böğozni yopiş bilan tahdid qilgan va mintaqadagi AQŞ harbiy bazalari qonuniy nişonga aylanişini bildirgan.