Eron ham AQŞdek harbiy maşğulotlar ötkazadi
31-01-2026, 22:06
120 марта

Eron ham AQŞdek harbiy maşğulotlar ötkazadi
Eron Hormuz böğozida ikki kunlik harbiy maşğulotlar boşlanişini elon qildi. Bu haqda 31 yanvar kuni “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.Maşğulotlar Hormuz böğozi hududi, şuningdek Fors va Ummon körfazlariga tutaş dengiz zonalarini qamrab oladi. Biroq Eron rasmiylari uşbu maşğulotlarda qaysi harbiy kuç va texnikalar iştirok etişini hozirça oçiqlamagan.
AQŞ Qurolli kuçlarining Yaqin Şarqdagi Markaziy qömondonligi Eron harbiylariga ogohlantiriş bilan çiqqan. Unda AQŞ tomoni amerikalik harbiy kemalar ustidan xavfli parvozlar yoki Eron katerlarining töqnaşuv yönalişida yaqinlaşuvi kabi manevrlarga yöl qöyilmasligini takidlagan.
AQŞ bayonotida Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga dengiz maşğulotlarini xavfsiz va professional tarzda ötkaziş, xalqaro suv hududlarida erkin kemalar qatnovi uçun ortiqça xavf tuğdirmaslik çaqiriği bildirilgan.
AQŞ qömondonligining takidlaşiça, Amerika harbiylari, mintaqaviy hamkorlar yoki tijorat kemalari yaqinida har qanday xavfli va noprofessional harakatlar töqnaşuv, keskinlikning kuçayişi va mintaqadagi beqarorlik xavfini oşiradi.
Malumki, ayni kunlarda AQŞ ham Yaqin Şarqda özining qöşin va qurollarini töplab qöygan. Köpçilik tahlilçilarning aytişiça, AQŞning “harbiy maşğulot”larining oxiri uruşga ulanib ketadi. Eron içida ham bunga işoniladi, çunki AQŞ texnikalari Eronni tört tomondan örab olgan. Mamlakat rasmiylariga köra, AQŞning har bir notöğri taşlagan qadami özi uçun juda qimmatga tuşişi mumkin.