Eron Hormuz böğozini minalaşni boşladi – OAV
11-03-2026, 10:17
241 марта

Eron Hormuz böğozini minalaşni boşladi – OAV
AQŞ razvedkasi malumotiga köra, Eron harbiylari Hormuz böğozini minalaşni boşlagan bölişi mumkin. Bu haqda CBS News muxbiri Jennifer Jeykobs xabar berdi.Uning aytişiça, Eron minalarni örnatiş uçun kiçik qayiqlardan foydalanmoqda. Har bir qayiq ikki yoki uçta dengiz minasini olib yurişi mumkin. Milliy xavfsizlik masalalari böyiça jurnalist Jim LaPorta malumotlariga köra, Erondagi dengiz minalari zaxirasi aniq emas, ammo turli baholaşlarga köra, ular soni ikki mingdan olti minggaça bölişi mumkin.
CNN ham razvedka manbalariga tayanib, Eron Hormuz böğozini minalaşi mumkinligi haqida xabar bergan.
Donald Tramp bu malumotlarga munosabat bildirib, agar Eron haqiqatan ham böğozga minalar qöygan bölsa, ularni darhol olib taşlaş kerakligini aytgan. Uning sözlariga köra, aks holda Eron uçun misli körilmagan harbiy oqibatlar yuzaga keladi.
Keyinroq Tramp AQŞ harbiylari minalar örnatişga urinayotgan qayiqlarga zarba berganini malum qilgan. Uning aytişiça, sönggi soatlarda 10 ta mina qöyuvçi qayiq yöq qilingan.
AQŞ Prezidenti bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozib, mina qöyuvçi kemalarga qarşi kuraşda AQŞ narkotrafikka qarşi operatsiyalarda qöllaniladigan texnologiyalardan foydalanayotganini bildirgan.
AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi ham Hormuz böğozi yaqinida Eronga tegişli bir neçta harbiy kemalar yöq qilinganini malum qilgan. Bayonotga köra, jami 16 ta mina qöyuvçi kema (minalaş uçun işlatiladigan harbiy kemalar) yöq qilingan.
Hormuz böğozi orqali jahon dengiz neft eksportining taxminan 20–25 foizi ötadi. Isroil va AQŞ bilan uruş boşlanganidan keyin Eron böğozni bloklaşini malum qilgan edi.
Sönggi bir hafta içida böğoz orqali faqat 14 ta kema ötgan. Ilgari esa har kuni 50–60 ta neft va gaz tankeri bu yerdan harakatlanar edi. Kemalar harakatining keskin kamayişi neft va gaz narxlarining oşib ketişiga sabab bölgan.