“Yaliniş yoki buyruq?” Tramp Eronni Hormuz böğozini yopmaslikka çaqirdi
10-03-2026, 10:57
360 марта

“Yaliniş yoki buyruq?” Tramp Eronni Hormuz böğozini yopmaslikka çaqirdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp agar Eron Hormuz böğozi orqali neft taşişni tösişda davom etsa, mamlakatga nisbatan yanada kuçli zarbalar berilişini bildirdi. Bu haqda Oq uy rahbari Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirdi.Uning takidlaşiça, agar Eron Hormuz böğozida neft oqimini tösişga qaratilgan har qanday harakatni amalga oşirsa, AQŞ Eronga hozirgaça berilgan zarbalardan yigirma barobar kuçliroq zarba beradi.
Tramp şuningdek, AQŞ oson yöq qilinadigan obektlarning ham yöq qilişini, bu esa Eronning davlat sifatida tiklanişini deyarli imkonsiz qilib qöyişini aytgan. U “ölim, olov va ğazab” Eron ustiga tuşişini takidlab, biroq bunday holat yuz bermasligiga umid qilişini ham qöşimça qilgan.
AQŞ Prezidentining aytişiça, uning bu bayonoti Xitoy va Hormuz böğozidan faol foydalanadigan boşqa davlatlar uçun “sovğa” hisoblanadi.
Öz navbatida, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi vakili general Sardar Nainiy bergan bayonotida Eron AQŞ va uning ittifoqçilariga mintaqadan bir litr ham neft olib çiqişga yöl qöymasligini bildirgan.
Uning sözlariga köra, neft va gaz narxlarini pasaytiriş hamda ularni nazorat qilişga qaratilgan barça urinişlar vaqtinçalik va samarasiz böladi.
Nainiy şuningdek, jang maydonida taşabbus Eron qölida ekanini va uruş qaçon tugaşini Tehronning özi hal qilişini takidlagan. U AQŞning Fors körfazidagi harbiy infratuzilmasining katta qismi yöq qilinganini, jumladan mintaqadagi deyarli önta zamonaviy radar tizimi hamda qimmat dronlar Eron havo mudofaasi tomonidan yöq qilinganini aytgan.