Rossiyada migrantlar uçun tölovlar keskin kötariladi
28-04-2026, 15:25
282 марта

Rossiyada migrantlar uçun tölovlar keskin kötariladi
Rossiyada çet el fuqarolari uçun yaşaş guvohnomasini rasmiylaştiriş boji 6 ming rubldan 30 ming rublgaça oşiriladi. Soliq kodeksidagi tegişli özgartirişlarni keça, 27 aprel kuni hukumatning qonunçilik faoliyati böyiça komissiyasi maqulladi. Bu haqda TASS xabar berdi.“Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksining ikkinçi qismiga quyidagi özgartirişlar kiritilsin. 333.28-moddaning 1-bandidagi özgartiriş: çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxsga yaşaş guvohnomasi berilgani uçun 30 ming rubl miqdorida boj belgilansin”, deya hujjatdan parça keltiradi TASS.Şu bilan birga, yaşaş guvohnomasini rasmiylaştiriş uçun bojning oşirilişi rekord darajadagi körsatkiç emas. Rossiyada migratsiya sohasidagi boşqa davlat bojlarining ham keng kölamli oşirilişi kutilmoqda.
“Eng keskin qimmatlaşişlar mamlakatga kiriş taklifnomasi (har bir taklif etilgan şaxs uçun 960 rubldan 8 ming rublgaça) va Rossiya fuqaroligiga qabul qiliş yoki undan çiqiş (4 200 rubldan 50 ming rublgaça) uçun rejalaştirilgan. Vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma esa 1 920 rubldan 15 ming rublgaça oşiriladi”, deya aniqlik kiritgan hukumat komissiyasi azosi, Rossiya yuristlar assotsiatsiyasi boşqaruvi raisi Vladimir Gruzdev.