USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina asirga olingan markaziy osiyolik harbiylarni nega vataniga qaytarmayapti?

74 марта

Ukraina asirga olingan markaziy osiyolik harbiylarni nega vataniga qaytarmayapti?

Manba: Dreamstimes
Ukrainaning “Xoçu jit” davlat loyihasi Rossiya tomonida turib urişgan va asirga tuşgan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari böyiça tuşuntiriş berdi. Loyiha uşbu şaxslarni javobgarlikka tortiş uçun öz vataniga topşiriş (ekstraditsiya qiliş) imkoniyatlari haqidagi savollarga javob qaytardi.

Takidlanişiça, Ukraina Jeneva konventsiyasi qoidalariga amal qiladi. Rossiya qurolli kuçlari tarkibida bölgan va asirga tuşgan barça xorijliklar “harbiy asir” maqomini oladi. Ular Rossiya fuqarolari bilan birgalikda lagerlarda bir xil şaroitda saqlanadi.

Loyiha izohida şunday deyiladi:
“Jeneva konventsiyalariga köra, harbiy asirlarni uşlab turgan davlat ularni özi mansub bölgan davlatga qaytarişi şart. Bu aynan öşa şaxslar tarkibida jang qilgan yoki asirga tuşiş paytida azosi bölgan davlat qurolli kuçlaridir”.

Nima uçun almaşuv qiyin keçmoqda?
Ukraina tomoni yollanma askarlarni Rossiya asirligidagi ukrainalik himoyaçilarga almaşişga qarşi emas.

“Biroq Rossiya xorijliklarni qaytarib olişdan manfaatdor emas. Ular birinçi navbatda öz fuqarolarini olişga ustuvorlik bermoqda”, deyiladi xabarda.
Qöşimça qilinişiça, Ukraina uçun öz harbiy asirlarini qaytariş xorijliklarni vatanida javobgarlikka tortişdan köra muhimroq. Ukraina xalqaro gumanitar huquq normalariga amal qiladi.
Rossiya armiyasining barça asirga tuşgan xizmatçilari, fuqaroligidan qatiy nazar, jangçi deb hisoblanadi. Bu ularni ukrainalik asirlarni qaytariş uçun almaşuv jarayoniga kiritiş imkonini beradi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: