Ukraina Rossiya armiyasi safida qariyb 13 ming markaziy osiyolik askar boriligini aniqladi
21-04-2026, 13:47
172 марта

Ukraina Rossiya armiyasi safida qariyb 13 ming markaziy osiyolik askar boriligini aniqladi
2026 yil holatiga köra, loyiha ixtiyorida 12 666 nafar markaziy osiyolikning şaxsiy malumotlari bor. Bu şaxslar Rossiya mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolagan. Ular Rossiya armiyasi safida uruşda qatnaşgan yoki hozirda qatnaşmoqda.
Davlatlar kesimidagi statistika
Olingan malumotlarga köra, yollanma askarlar soni böyiça mamlakatlar quyidagiça ketma-ketlikda joylaşgan:
- Özbekiston röyxatda yetakçilik qilmoqda. Mamlakatning 4 853 nafar fuqarosi rus armiyasi tarkibida xizmat qilmoqda:
- Tojikiston ikkinçi örinda qayd etildi: 3 407 nafar;
- Qozoğiston uçinçi örinni egalladi: 2 389 nafar;
- Qirğiziston törtinçi örinda turibdi: 1 439 nafar;
- Turkmaniston oxirgi beşinçi örinda qayd etildi: 578 nafar fuqaro yollanma askar sifatida armiya tarkibida faoliyat olib bormoqda.
2025 yilning bahori va yozida loyiha Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining ism-şariflari körsatilgan röyxatlarni elon qilgandi. Öşa paytda 5 740 nafar yollanma askar haqida malumot bölgan.
Hozirgi kunga kelib, aniqlangan şaxslar soni ikki baravardan köproqqa köpaydi. Loyiha vakillari barça malumotlar şaxsan tasdiqlanganini bildirdi.