USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Özbeklar Ukraina maydonida xalrq bölmoqda”. Rossiya armiyasi safida halok bölganlar soni oçiqlandi

985 марта

“Özbeklar Ukraina maydonida xalrq bölmoqda”. Rossiya armiyasi safida halok bölganlar soni oçiqlandi

Ukraina Mudofaa vazirligi va Boş razvedka boşqarmasi kömagida taşkil etilgan “Xoçu jit” (“Yaşaşni xohlayman”) loyihasi Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun Rossiya Qurolli kuçlari safida yollanib, halok bölgan yoki bedarak yöqolgan 481 nafar Özbekiston fuqarosining ism-şarifini elon qildi. Röyxat loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida elon qilindi.


“Biz Rossiya yollanma askarlari sifatida xizmat qiliş paytida halok bölgan 481 nafar özbekistonlik fuqaroni aniqladik”, deyiladi xabarda. 
Loyihaga köra, halok bölgan va bedarak yöqolganlarning haqiqiy soni bir neça baravar köp bölişi mumkin. Qöşimça qilinişiça, Özbekiston hozirda Rossiya Qurolli kuçlarida xorijiy yollanma askarlar soni böyiça dunyoda yetakçilik qilmoqda. 
“Biz Ukrainaga qarşi jang qilgan yoki jang qilayotgan kamida 2715 nafar Özbekiston fuqarosining ismlarini bilamiz va ularning soni yildan-yilga ortib bormoqda. 2023 yilda 498 nafar özbekistonlik, 2024 yilda esa yana 941 nafar özbekistonlik şartnoma imzolagan. 2025 yilning dastlabki olti oyida Rossiya Qurolli kuçlari bilan uruşga qariyb 1300 nafar özbekistonlik fuqaro ketgan. Iltimos, etibor bering, bular faqat bizda işonçli malumotlarga ega bölganlargina xolos”, deyiladi loyiha xabarida. 
Bildirilişiça, Özbekiston şuningdek, xorijiy harbiy asirlar orasida muntazam ravişda birinçi örinda turadi.

 




Qayd etilişiça, 2025 yilda Rossiyaga 1,8 million özbekistonlik borgan. Ularning aksariyati mehnat muhojirlari sifatida Rossiya yerlariga qadam qöygan, ammo hammasi ham iş topa olmagan. 



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: