USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistondan 66 kişi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida qatnaşib halok bölgan

807 марта

Özbekistondan 66 kişi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida qatnaşib halok bölgan

Özbekistondan 66 kişi Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli uruşida Rossiya tarafida qatnaşib halok bölgan. Bu haqda BBC rus xizmati oçiq malumotlarga tayanib xabar berdi. 

BBC uşbu hisob-kitoblarni «Mediazona» naşri va köngillilar jamoasi bilan birgalikda tayyorladi. Ular vafot etgan 118 139 nafar Rossiya harbiysining ismlarini aniqlaşga muvaffaq bölgan. Ular orasida 28 ta mamlakat fuqarolari bor. Ular şartnomani imzolaş paytida Rossiya fuqaroligiga ega bölmagan va ölimi oçiq manbalar — rasmiylar xabarlari, qarindoşlarining ijtimoiy tarmoqlardagi postlari yoki qabrlarning fotosuratlari asosida tasdiqlangan çet el fuqarolaridir. Nomma-nom röyxatni tuzişda Ukraina tomoni malumotlari va Ğarb razvedka naşrlaridan foydalanilmagan.

Çetelliklar orasida halok bölganlar soni böyiça katta ehtimol bilan KXDR yetakçilik qilmoqda. Rasmiy Pxenyan öz yöqotişlari haqidagi malumotlarni yaşirmoqda, şuning uçun hozirça Şimoliy Koreyadan birorta halok bölgan odamning ismini aniqlaş imkoni bölmagan. Janubiy Koreya razvedkasining aprel oyidagi hisob-kitoblariga köra, frontda 600 ga yaqin şimoliy koreyalik askar halok bölgan.

Fuqarolari Rossiya tomonida jang qilib halok bölgan Top 5 davlat:

Tojikiston — 72;
Nepal — 70;
Özbekiston — 66;
Gruziya (Janubiy Osetiya va Abxaziya qöşib hisoblangan) — 63;
Ukraina — 54.

Şuningdek, Qirğizistondan 34 kişi, Qozoğistondan 24 kişi, Turkmanistondan esa 8 kişi mana şu röyxatdan joy olgan.
Tojikistondan 43 nafar va Özbekistondan 46 nafar şaxs qamoq jazosini «nollaştirişga» uringan, ular aksariyat hollarda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi bilan şartnoma tuzgan, deb takidlaydi BBC.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: