Rossiya Dneprga ballistik zarba berdi
25-06-2025, 09:41
96 марта

Rossiya Dneprga ballistik zarba berdi
Rossiya qöşinlari keça, 24 iyun kuni tuşdan keyin Ukrainaga navbatdagi raketa zarbasini berdi. Dneprda kamida 9 kişi, Dnepropetrovsk viloyatining Samara şahrida yana ikki kişi halok böldi. Bu haqda Dnepropetrovsk viloyati harbiy boşqarmasi boşliği Sergey Lisak malum qildi.“Dneprda duşman hujumi oqibatida 9 kişi halok böldi. Samarada rossiyaliklar yana ikki kişini öldirdi. Yaradorlar soni ham doimiy ravişda ortib bormoqda. Ayni paytda bu körsatkiç yuzdan oşdi”, deb yozdi u.Uning sözlariga köra, jabrlanganlar orasida kamida önta bola bor.
Keçqurun Rossiyaning raketa hujumi oqibatida halok bölganlar soni 17 kişiga yetgani, 279 ga yaqin kişi jarohatlangani haqida malumot paydo böldi. Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatining Dnepr va mintaqadagi malumotlariga köra, fuqarolik infratuzilmasi – yotoqxona, sport zali va mamuriy binoga jiddiy zarar yetgan.
“Bundan taşqari, poyezd şikastlangan, uning yölovçilari jarohatlangan”, deyiladi xabarda.“Ukrzalіznitsya”, şuningdek, Rossiyaning Ukraina şarqidagi hududiga raketa hujumi paytida yölovçi poyezdi portlaş tölqinidan zarar körganini tasdiqladi.
“Rossiyaning Dnepropetrovsk viloyatida uyuştirgan terakti oqibatida 52-sonli “Odessa – Zaporoje” poyezdi şikastlangan”, deyiladi kompanya bayonotida.“Ukrzalіznitsya” Dneprda yölovçilarni taşiş va ularni Zaporojega yetkaziş uçun almaştiriladigan harakat tarkibini tayyorlamoqda. Keyinçalik temiryöl kompaniyasi Rossiyaning uşbu hujumi va uning oqibatlari paytida “poyezd yölovçilari yoki temiryölçilar orasida qurbonlar bölmaganini” aniqladi. Jabrlanganlar soniga esa aniqlik kiritilmagan.