Rossiya armiyasiga yollangan turkmanistonliklar soni oçiqlandi
21-08-2025, 23:08
132 марта

Rossiya armiyasiga yollangan turkmanistonliklar soni oçiqlandi
Ukraina Mudofaa vazirligi va Boş razvedka boşqarmasi kömagida taşkil etilgan “Xoçu jit” (“Yaşaşni xohlayman”) loyihasi Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun Rossiya Qurolli kuçlari bilan şartnoma imzolagan 122 nafar Turkmaniston fuqarosining ism-şarifini elon qildi. Röyxat loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida elon qilindi.Qayd etilişiça, 122 nafar Turkmaniston fuqarosi 2025 yilning dastlabki 6 oyida Rossiya tomonidan uruşda qatnaşiş uçun yollangan. Bu haqda xorijiy yollanma askarlar haqida olib borilayotgan muntazam naşrlar doirasida malum qilingan.
Turkmaniston hukumati Rossiyaning yollaş harakatlariga qarşi çoralar körayotganiga qaramay, rossiyaliklar Turkmaniston fuqarolarini hujumçi bölinmalarga jalb qilişda davom etmoqda. Markaziy Osiyodagi boşqa davlatlarga qaraganda Turkmanistondan yollanganlarning soni eng kam bölsa-da, 2023 yildan boşlab ularni jalb qiliş surati yildan yilga oşmoqda.
“Rossiya bunday yollaş jarayonida asosan fuqarolik berişni “savdo vositasi” sifatida işlatmoqda. Har qanday şaxs şartnoma imzolab, Ukrainadagi nomalum hududlarda jang qilişga rozi bölsa, unga pul va Rossiya fuqaroligi taklif etilmoqda. Pul va pasport yollanma askarlar uçun asosiy sabab bölib qolmoqda”, deyiladi xabarda.
Takidlaş joizki, yollanganlarning aksariyati öz pullaridan foydalana olmagan yoki Rossiya fuqarosi sifatida beriladigan “imtiyozlardan” bahramand bölolmagan.
“Ularni frontga yuborayotgan qömondonlar oddiy askarlarning ommaviy halok bölişiga befarq, Osiyo mamlakatlaridan yollanganlarni esa umuman bir martalik kuç sifatida köradi. Ular uçun orqa qismlarda, ştablarda yoki blokpostlarda joy ajratilmaydi”, deyiladi xabarda.