USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya 2025-yil uruşga kamida 902 nafar Özbekiston fuqarosini yolladi — “Xoçu jit” loyihasi

317 марта
Rossiya 2025-yil uruşga kamida 902 nafar Özbekiston fuqarosini yolladi — “Xoçu jit” loyihasi 

Rossiya 2025-yilda armiya bilan şartnoma tuzgan kamida 902 nafar Özbekiston fuqarosini uruşga yolladi. Ular orasida 19 yoşli fuqarolar ham bor. Bu haqda manbalarga tayanib “Xoçu jit” (“Yaşaşni xohlayman”) loyihasi xabar berdi.

Malum qilinişiça, özbekistonliklarni yollaş uçun Rossiya avvalgidek usullardan foydalanmoqda. Jumladan, mehnat muhojiri sifatida kelgan Özbekiston fuqarolari yuqori maoşli iş bahonasida qurilişlarga yoki armiyaning frontorti bölinmalariga yollanadi. Asosiy rağbat sifatida ularga Rossiya fuqaroligi vada qilinadi.

Rossiya qamoqxonalarida jazo muddatini ötayotganlar tahdid va ruhiy bosim orqali uruşga jalb qilinmoqda, deydi “Xoçu jit” loyihasi.

Yollaş köpinça şantaj bilan birga keçişi mumkin. Bu asosan Rossiya fuqaroligini yaqinda olgan muhojirlarga nisbatan keng qöllanadi. Rossiya Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin 5 mingdan ortiq reyd ötkazilgani, ular davomida 90 ming kişi “uşlanganini” aytgandi. Ularning 30 ming nafari şartnoma imzolab, uruşga jönatilgan.

Hozirda Ukraina asirligida 33 ta davlat fuqarolari bor. Çet ellik harbiy asirlar soni böyiça Özbekiston birinçi örinda turadi.
Hozirda Ukraina asirligida 33 ta davlat fuqarolari bor. Çet ellik harbiy asirlar soni böyiça Özbekiston birinçi örinda turadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: