Ukraina Isroilni öğirlangan ğallani sotib olişda aybladi
29-04-2026, 08:14
39 марта

Ukraina Isroilni öğirlangan ğallani sotib olişda aybladi
Ukraina Taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga Isroil Rossiya tomonidan uruş paytida egallab olingan hududlardan sotiş uçun olib çiqilgan ğalla yuklangan ikkita kemani qabul qilganini malum qildi. Bu haqda u özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.U yahudiy davlatini bunday kemalarning öz portlarida yuk tuşirişiga ruxsat bermaslik haqida ogohlantirgan.
“Ukraina va Isroil örtasidagi döstona munosabatlar har ikki davlat uçun ham foyda keltiriş salohiyatiga ega va Rossiyaning öğirlangan Ukraina ğallasi bilan noqonuniy savdo qilişi bu aloqalarga putur yetkazmasligi kerak”, deydi Sibiga.
Uning qöşimça qilişiça, Kiyevning Xayfaga borgan birinçi kema böyiça sörovi etiborsiz qoldirilgan, şu sababli TIV Isroil elçisini çaqirtirib, unga norozilik notasi va çora köriş haqidagi iltimosni topşirgan.
Bunga javoban Isroil Taşqi işlar vaziri Gideon Saar Ukraina öz ayblovlari uçun yetarli dalillar taqdim etmaganini aytgan va davlatlar örtasidagi diplomatiya OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilmasligini takidlagan. Şu bilan birga, u masala körib çiqilişiga vada bergan. Şundan söng Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “barça normal mamlakatlarda öğirlangan narsani sotib oliş” huquqiy javobgarlikka sabab bölişini eslatib ötgan.
“Bu, xususan, Rossiya tomonidan öğirlangan ğallaga ham tegişli... Isroil rasmiylari mamlakat portlariga qaysi kemalar va qanday yuk bilan kelayotganini bilmasligi mumkin emas”, deydi Zelenskiy.
Uning qöşimça qilişiça, Ukraina öğirlangan ğallani bevosita taşiyotganlarga va bunday “jinoiy sxemadan daromad olişga urinayotganlarga” qarşi sanktsiyalar tayyorlamoqda. Yevropa Ittifoqida ham uşbu savdoga aloqador Isroil rasmiylari va taşkilotlariga nisbatan çeklovlar joriy etiş imkoniyati örganilayotgani xabar qilingan.
“VesselFinder” malumotlariga köra, avvalroq Xayfa portiga “Kavkaz” portidan (Krasnodar ölkasi) Panama bayroği ostidagi “Panormitis” kemasi 6,2 ming tonna buğdoy va 19 ming tonnadan ortiq arpa bilan borgan. Isroil OAV manbalari va ukrainalik jurnalistlar uşbu partiya Kerç va Berdyanskdan olib çiqilgan bölişi mumkinligini davo qilmoqda.
Ukraina Taşqi razvedka xizmati malumotlariga köra, Rossiya bosib olingan hududlarda yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini öz eksporti sifatida sotmoqda. Faqatgina 2025 yilning özida şu yöl bilan 2 million tonnadan ortiq ğalla olib çiqilgan bölişi mumkin.
“Sanktsiyalarni aylanib ötiş uçun Rossiya “Kavkaz” portidagi yuk ötkaziş punktida töplovçi kemalarni jalb qilgan holda “şip-to-şip” (kemadan kemaga) sxemasidan foydalanmoqda. Bu ğallaning haqiqiy kelib çiqişini yaşiriş imkonini beradi”, deya qayd etadi razvedka.
Isroilning “Haaretz” naşri manbalari bunday yetkazib berişlar tizimli xususiyatga ega ekanini tasdiqlamoqda. Faqatgina joriy yilning özida mamlakatda öğirlangan Ukraina ğallasining törtta partiyasi tuşirilgan. Şu kabi mahsulot yuklangan yana bir kema 26 aprel kuni ertalab Xayfaga yetib borgan. Naşr malumotlariga köra, Rossiya rasmiylari tomonidan bosib olingan Ukraina portlarida yuritilayotgan hujjatlarda 30 dan ortiq yuk partiyalarining manzili sifatida Isroil körsatilgan.