Ukraina töliq öt oçişni töxtatişga tayyor – Zelenskiy
2-05-2025, 12:04
174 марта

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev öt oçişni töxtatişga tayyorligini aytdi. Bu haqda davlat rahbari özining Telegram-kanalida yozdi.
“Ukraina yetarli muddatga töliq va sözsiz öt oçişni töxtatişga tayyor, bu tinçlikka birinçi qadam bölişi kerak. Bu borada bizni qöllab-quvvatlagan barçaga minnatdorlik bildiramiz”, deb yozgan Zelenskiy.
Ukraina rahbarining sözlariga köra, u yaqinda Lyuksemburg Taşqi işlar vaziri Ksave Bettel va mamlakat Mudofaa vaziri Yuriko Backes bilan uçraşgan. Zelenskiy Kiyevga harbiy yordam körsatgani va energetika sohasini qöllab-quvvatlagani uçun ularga minnatdorlik bildirgan. Tomonlar, şuningdek, mustahkam tinçlikka erişiş uçun diplomatik say-harakatlarni muhokama qilgan.
Bundan taşqari, Ukraina prezidenti Kiyevning ittifoqçilarini “Moskva muzokaralar stoliga ötirişi uçun Rossiyaga bosimni kuçaytirişga” çaqirdi.
Uning sözlariga köra, Rossiya “50 kundan ortiq vaqt davomida Amerikaning öt oçişni töxtatiş haqidagi taklifini etiborsiz qoldirgan va Ukrainaning tegişli taşabbuslarini rad etgan”.
“Şuning uçun diplomatik say-harakatlarni kuçaytiriş kerak – biz Rossiyaga oğzini yopiş va muzokara boşlaş uçun bosim ötkazişda davom etişimiz kerak. Sanktsiyalar qançalik samarali bölsa, Rossiya uruşni tugatiş uçun şunçalik köp rağbatlarga ega böladi”, dedi Zelenskiy.