Biz bölmaganimizda, AQŞda hamma frantsuzça gaplaşgan bölardi – Çarlz III
30-04-2026, 19:30
56 марта

Biz bölmaganimizda, AQŞda hamma frantsuzça gaplaşgan bölardi – Çarlz III
Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III AQŞ Kongressida nutq sözlab, NATO doirasida birlikni saqlaş va Ukraina masalasida “qatiy iroda” körsatişga çaqirdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.Monarxning AQŞ qonunçilari oldidagi nutqi 1991 yildan beri ilk bor amalga oşirilgan tarixiy çiqiş böldi. Çarlz III öz nutqida dunyoda hozirgi vaziyat juda noaniq ekanini, Yevropadan tortib Yaqin Şarqqaça bölgan harbiy mojarolar xalqaro hamjamiyat uçun jiddiy muammolar tuğdirayotganini takidlagan.
Şuningdek, Buyuk Britaniya qiroli Oq uyda ötkazilgan davlat ziyofati davomida AQŞ Prezidenti Donald Trampning avvalgi bayonotiga javob qaytargan. Tramp yanvar oyida “agar AQŞ Ikkinçi jahon uruşida ğalaba qilmaganida, hamma nemisça yoki qisman yaponça gapirgan bölardi” degan edi.
“Men esa şuni aytişga jurat etaman: agar biz bölmaganimizda, sizlar frantsuzça gapirgan bölardingiz”, degan Trampning sözlariga javoban Çarlz III.