“Bu uruş emas, harbiy operatsiya”: Tramp nega Erondagi vaziyatni tasvirlaşda “uruş” sözidan qoçadi?
27-03-2026, 06:55
146 марта

“Bu uruş emas, harbiy operatsiya”: Tramp nega Erondagi vaziyatni tasvirlaşda “uruş” sözidan qoçadi?
Uruşmi yoki harbiy operatsiya?
Prezidentning tuşuntirişiça, “uruş” sözidan foydalaniş huquqiy va siyosiy jihatdan malum qiyinçiliklarni tuğdiradi.
Men “uruş” sözini işlatmayman, çunki bu yaxşi emas deb aytişadi. Odamlar “uruş” sözini yoqtirişmaydi, çunki buning uçun ruxsat olişingiz kerak böladi. Şuning uçun men “harbiy operatsiya” atamasidan foydalanaman, aslida ham şunday. Bu — harbiy yöq qiliş, dedi Tramp.AQŞ konstitutsiyasiga köra, faqat Kongress uruş elon qiliş huquqiga ega. Garçi köplab qonunçilar va hatto Trampning özi ham avvalroq uşbu mojaroga nisbatan “uruş” sözini qöllagan bölsa-da, rasmiy doiralar AQŞni Eron bilan rasman uruş holatida emasligini takidlab kelmoqda.
Fevral oyida boşlangan ilk zarbalardan buyon Kongressdagi demokratlar prezidentdan harbiy kuç işlatiş uçun qonun çiqaruvçi organning roziligini olişni talab qilmoqda. Biroq 24 mart kuni Senat demokratlar tomonidan prezidentning vakolatlarini çeklaşga qaratilgan navbatdagi urinişni rad etdi.
Faqat bir nafar respublikaçi — senator Rend Pol demokratlarni qöllab-quvvatladi. Aksinça, demokrat senator Jon Fetterman respublikaçilar bilan birga rezolyutsiyaga qarşi ovoz berdi. Bu mart oyi içida muvaffaqiyatsizlikka uçragan uruş vakolatlari böyiça navbatdagi ovoz beriş böldi.
Oq uy va respublikaçilarning fikriça, konstitutsiya prezidentga boş qömondon sifatida Kongress roziligisiz zarba beriş huquqini beradi. Demokratlar esa Eron AQŞ uçun bevosita xavf tuğdirayotgani haqida yetarli dalillar yöqligini aytib, preventiv (oldini oluvçi) zarbalarning zarurligini şubha ostiga olmoqda.
Tramp öz nutqida Yaqin Şarqda Eronga nisbatan olib borilayotgan harakatlar mislsiz ekanini takidladi. Uning sözlariga köra, har bir prezident Eronning yadroviy qurol yaratişini töxtatiş uçun şu yöldan borişi kerak edi.
“Agar biz bölmaganimizda, Eron allaqaçon yadroviy qurolga ega bölar edi. Butun dunyo ölim xavfi ostida qolar, Yaqin Şarqdagi tinçlik istiqbollari butunlay barbod bölar edi. Yaqin Şarqni qöya turing, bizning boşimiz ustida ham qora bulutlar paydo bölgan bölardi”, deya qöşimça qildi AQŞ prezidenti.AQŞ va Isroil fevral oyi oxirida Tehronga zarbalar berişni boşlagan edi. Oq uy Eron bilan samarali muloqotlar bölganini aytayotgan bölsa-da, Tehron sönggi kunlarda öt oçişni töxtatiş taklifini rad etib kelmoqda.