AQŞ razvedkasi Eronning qulaşiga işonmayapti – OAV
12-03-2026, 12:33
214 марта

AQŞ razvedkasi Eronning qulaşiga işonmayapti – OAV
Amerika razvedkasi Eron ustidan amalga oşirilgan zarbalar hukumatni qulaşiga olib kelmaganini aniqladi. Isroillik manba bu uçun yer usti operatsiyasi zarurligini takidladi. Bu haqda AQŞ razvedkasining uç manbasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.Naşrga köra, Eron hukumati pozitsiyalari AQŞ va Isroil bilan ikki haftalik uruş davomida barqaror bölib qolgan va yaqin kelajakda qulaş xavfi yöq.
Köplab razvedka hisobotlarida “rejim qulaş xavfida emas” va u “Eron aholisini nazorat qilmoqda” degan izçil tahlillar keltirilgan, deydi manbalardan biri. Oxirgi şunday xulosa qiluvçi hisobot yaqinda taqdim etilgan.
Şuningdek, Isroilning yuqori martabali rasmiylari ham Eron rejimi tez orada qulaşiga işonç yöqligini tan olgan. Agentlik manbalari şuni qöşimça qiladiki, vaziyat hududlarda özgaruvçan va Eron içidagi dinamika kelajakda özgarişi mumkin.
Isroillik manbaning takidlaşiça, Tel-Aviv Eron hukumati mavjud rejimni saqlab qolişiga yöl qöymoqçi emas. Uning aytişiça, hukumatni almaştiriş uçun yer usti operatsiyasi talab qilinadi.
28 fevral kuni Eron hududiga zarbalar berilgaç va “Epik ğazab” harbiy operatsiyasi boşlanganidan söng, AQŞ Prezidenti Donald Tramp uning maqsadi – Eron rejimidan keladigan xavflardan Amerika xalqi va uning ittifoqçilarini himoya qiliş, deb malum qilgan. Zarbalar davomida AQŞ va Isroil mamlakatning harbiy-siyosiy boşqaruv obektlariga köplab hujumlar amalga oşirgan.
Uruş boşidan beri Vaşington Eron hududida yer usti harbiy operatsiyasini ötkaziş imkoniyatini istisno qilmaydi. Tramp aytganidek, Tehronga qarşi operatsiya tört hafta davom etişi mumkin.