Eron yadroviy qurol ustida işlayotganiga dalil yöq – AQŞ razvedkasi
19-06-2025, 11:34
187 марта

Eron yadroviy qurol ustida işlayotganiga dalil yöq – AQŞ razvedkasi
AQŞ Milliy razvedkasi senatorlarga Eronning yadroviy qurol yaratiş ustida işlayotgani haqida heç qanday dalil yöqligini malum qildi. Bu haqda keça, 19 iyun kuni Demokratlar partiyasidan senator, Senat razvedka qömitasi raisining örinbosari Mark Uorner MSNBC telekanali efirida bayonot berdi.Uorner joriy yilning mart oyida Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbardning “Eron bomba yaratişga doir heç qanday harakat qilmagan”, degan sözlarini eslatgan.
“Bu hafta, duşanba kuni bizga razvedka malumotlarining özgarmagani yana bir bor tasdiqlandi”, dedi senator.
Şuningdek, Mark Uorner mamlakat Prezidenti Donald Trampning Eron yadro quroli işlab çiqayotgani haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi postlarini tanqid qilib, razvedka malumotlarini inkor etayotganini aytgan.
“Taşqi siyosatni tvitlar orqali yuritiş – bu tentaklik. Ammo bu odam aynan şunday yöl tutmoqda”, degan u.
Qayd etiş joiz, joriy yilning 13 iyun kuni Isroil Eronning aynan yadroviy va mudofaa sanoatiga qarşi “Şerlar olami” nomli harbiy operatsiyani boşlagan edi. OAV xabarlariga köra, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroil hujumiga qöşiliş masalasini körib çiqmoqda, bu borada qaror yaqin 24-48 soat içida qabul qilinişi mumkin.