Töqayev Putin va Lukaşenkoga rahmat aytdi
3-05-2026, 16:44
56 марта

Töqayev Putin va Lukaşenkoga rahmat aytdi
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Polşa hududda hibsda bölgan qozoğistonlik diplomat Anuar Bakibayni ozod etişga kömaklaşgani uçun Belarus rezidenti va Rossiya Prezidenti Aleksandr Lukaşenko hamda Vladimir Putinga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda 2 may kuni davlat rahbari matbuot kotibi Oybek Smadiyarov malum qildi.Aleksandr Lukaşenko bilan telefon orqali muloqot çoğida Töqayev Belarus tomoniga konstruktiv hamkorlik uçun rahmat aytgan. Şuningdek, u Rossiyaning ham özaro maqbul yeçimga erişişdagi hissasini qayd etgan.
Bundan taşqari, Qozoğiston Prezidenti Polşa Prezidenti Karol Navrotskiy va Boş vazir Donald Tusk nomiga minnatdorlik maktubi yuborişni rejalaştirmoqda.
Anuar Bakibay Belarus va Polşa örtasida “beşga beş” formulasi asosida ötkazilgan mahbuslar almaşinuvi doirasida ozod etilgan. Almaşuv 28 aprel kuni bölib ötgan.
Diplomat ötgan yil iyul oyida Polşaning Bidgoş şahrida Rossiya manfaatlari yölida, jumladan NATO harbiy obektlari haqida malumot töplaşda gumon qilinib qölga olingan edi. Hibsga olingan paytda u Qozoğistonning Ukrainadagi harbiy attaşesi yordamçisi lavozimida işlagan.