Putin Markaziy Osiyoga keladi
17-02-2026, 13:38
606 марта

Putin Markaziy Osiyoga keladi
Keça, 16 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev örtasida telefon orqali muloqot bölib ötdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.Suhbat davomida Rossiya–Qozoğiston örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş böyiça kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilingan. Ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohadagi özaro manfaatli qöşma loyihalarga etibor qaratilgan.
Vladimir Putin may oyi oxirida Ostonada ötadigan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi yiğilişida iştirok etişini tasdiqlagan. Töqayev Rossiya Prezidentini mazkur tadbir doirasida Qozoğistonga davlat taşrifi bilan kelişga taklif etgan. Taklif minnatdorlik bilan qabul qilingan.
Şuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar ham körib çiqilgan. Tomonlar aloqada bölib turişga kelişib olgan.