“Birorta ham bahsli masala yöq”. Töqayev Putin bilan uçraşdi
22-12-2025, 19:53
208 марта

“Birorta ham bahsli masala yöq”. Töqayev Putin bilan uçraşdi
Bugun, 22 dekabr kuni Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) rahbarlarining norasmiy yiğilişi doirasida Sankt-Peterburg şahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Oqörda matbuot xizmati xabar berdi.“Bu yerda Yangi yil arafasidagi ananaviy Peterburg uçraşuvlari doirasidagi taşrifimiz dasturi mutlaqo puxta öylangan va sermazmun böldi. Biz YeOII doirasida qator masalalarni körib çiqib, qarorlar qabul qildik. MDH formatida ham hamkorligimizga oid juda muhim, dolzarb masalalar muhokama qilindi. MDH nufuzli va talab yuqori bölgan xalqaro taşkilot hisoblanadi.Vladimir Putin ham MDH davlatlari rahbarlari uçraşuvi yakunlari haqida fikr bildirgan.Ikki tomonlama hamkorlikka kelsak, joriy yil şubhasiz muvaffaqiyatli böldi. Aytiş mumkinki, ikki tomonlama munosabatlar izçil rivojlandi. 12 noyabr kuni Rossiyaga amalga oşirgan davlat taşrifim töliq muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Uşbu taşrif davomida körsatilgan samimiy qabul uçun sizga minnatdorlik bildiraman.
Qozoğiston uçun strategik şeriklik va ittifoqçilik doirasidagi hamkorlik sözsiz ustuvor yönalişdir. Biz Qozoğiston va Rossiya fuqarolarining kundalik hayotiga daxldor barça masalalarda birga bölişimiz kerak, çunki bu hamkorlik va strategik şeriklikni rivojlantirişga qaratilgan işlarimiz mamlakatlarimiz xalqlarining tub manfaatlariga töliq mos keladi”, deydi Qozoğiston rahbari.
“Keça va bugun bu yerda birgalikda işladik, bugun esa yarim kun davomida norasmiy muloqot çoğida KXŞT, MDH doirasidagi işlarimiz, şuningdek, ikki tomonlama masalalar yuzasidan gaplaşiş imkoniga ega böldik.
Siz bilan alohida uçraşib, Qozoğiston va Rossiya örtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiriş uçun siz ham, men ham ustuvor deb biladigan masalalarni muhokama qiliş imkoniyatidan juda mamnunman. Umuman olganda, mening nazarimda, vaziyat deyarli barça yönalişlar böyiça ijobiy rivojlanmoqda. Bizda birorta ham bahsli yoki murakkab masala yöq”, deydi Rossiya Prezidenti.