Şavkat Mirziyoyev Rossiyaga bordi
21-12-2025, 09:22
414 марта

Şavkat Mirziyoyev Rossiyaga bordi
Bugun, 21 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Sankt-Peterburg şahriga bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boşqa rasmiy şaxslar kutib olgan.
Taşrif doirasida Özbekiston yetakçisi 21-22 dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengaşining navbatdagi majlisida kuzatuvçi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uçraşuvida iştirok etadi.
Sammit kun tartibidan mazkur köp tomonlama birlaşmalar doirasida özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş bilan boğliq dolzarb masalalar örin olgan.
Ananaga köra, birgalikda amalga oşirilgan işlarning asosiy natijalari sarhisob qilinadi va kelgusi yildagi amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari yuzasidan fikr almaşiladi.