300 oltin tangaga sotilmagan kitob
3-05-2026, 18:24
219 марта

300 oltin tangaga sotilmagan kitob
1857 yili Turkiyaning Diyorbakr şahrida tavallud topgan Ali Amiriy ismli yigit yoşligidan kitob mutolaasiga beriladi. Bu işi bois, boşiga köp taşvişlar kelişiga qaramay, nodir kitoblarni yiğişda davom etadi. Yiqqan kitoblarining soni 10 mingdan oşib ketadi. Ali Amiriy bamisoli buyuk xazinani izlayotganday, hayotining asl manosini şu işda köradi.Kunlarning birida uning boşiga çinakam omad quşi qönadi: kitoblar sotiladigan rastalardan birida özi bilmagan holda «Devonu luğatit-turk» kitobini 33 liraga sotib oladi. Keyinçalik bu yangilikdan köplar xabardor böladi. Ular Ali Amiriydan uşbu kitobni katta pul evaziga sotib olişga harakat qilişadi. Ammo Amiriy könmaydi.
Hikoya qilişlariça, bu noyob topilmadan xabar topgan vengriyalik bir elçi Ali Amiriyga uşbu kitob uçun naqd 10 ming oltin tanga berişga roziligini aytadi. Frantsiyalik olim Parijning qoq markazida qurilgan haşamatli saroyni vada qiladi. Ali Amiriy har ikki taklifga ham könmay, ularga: «Men Vatanning noyob xazinasini pulga sotadigan xoin emasman», deydi. Hukumat unga 300 oltin tanga jönatganida esa, bu pulni mamlakatning oç-nahor yaşayotgan fuqarolariga bölib beriş kerakligini aytadi.
Tarixda bunday ibratli misollar köp. Mirzo Uluğbekning sadoqatli şogirdi Ali Quşçi ustozi töplagan noyob kitoblarni johillardan saqlab qoliş uçun ne köylarga tuşganini yaxşi bilamiz. Mavlono Jaloliddin Rumiy dafn etilgan Könya şahrida kitob savdosi bilan şuğullanuvçi bir kişiga odamlar turli şaharlardan qoplarda kitoblar olib kelişar ekan. «Men qoplarning oğzini oçayotganimda, ajabo, bu gal qanday kitoblar olib kelişdi ekan-a» deya, xuddi kelinçakning yuzini oçayotgan kuyovdek hayajonlanar edim», der ekan şu sahhof...