Kitob öqib jazo muddatini qisqartirişi mumkin bölgan mahkumlar soni 13,5 mingdan ortiq – Senat
4-09-2025, 15:21
295 марта

Kitob öqib jazo muddatini qisqartirişi mumkin bölgan mahkumlar soni 13,5 mingdan ortiq – Senat
Mazkur qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga mahkumlarning jazoni ötaş muddati ular tuzaliş yöliga ötganligi munosabati bilan qisqartirilişini nazarda tutuvçi qöşimça va özgartirişlar kiritilyapti.Xususan, Jinoyat kodeksi jazoni ötaş muddatini şaxs tuzaliş yöliga ötganligi munosabati bilan qisqartirişni nazarda tutuvçi 74-1-modda bilan töldirilmoqda.
Bunda mahkumlar tomonidan Respublika Manaviyat va marifat markazi tomonidan tasdiqlangan, mahkumlarda töğri manaviy va axloqiy qadriyatlarni şakllantirişga qaratilgan adabiyotlar röyxatidagi kitoblarni öqisa va uşbu kitoblarni öqiganligi fakti tasdiqlangan taqdirda jazoni ötaş muddati har bir öqilgan kitob uçun uç kunga, biroq bir yilda köpi bilan öttiz kungaça Komissiyaning xulosasiga asosan sud tomonidan qisqartirilişi mumkinligi belgilanmoqda.
Uşbu norma faqat jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilinişi nazarda tutilgan (umrbod ozodlikdan mahrum etişga hukm qilinganlardan taşqari) şaxslarga nisbatan tatbiq etilişi belgilanmoqda.
Qonunçilikka kiritilayotgan uşbu özgartirişlar bugungi kunda jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan jami 43 mingdan ortiq mahkumlarning 13,5 mingdan ortiğiga nisbatan tatbiq etiladi.