“Uxlasak, tişlaydi”: Ğazo lageridagi bolalarga kalamuşlar hujum qilmoqda
4-05-2026, 07:12
267 марта
“Uxlasak, tişlaydi”: Ğazo lageridagi bolalarga kalamuşlar hujum qilmoqda
Aholi kalamuşlar ularning buyumlarni kemirayotgani va kasallik tarqatayotganidan xavotirda. Isroil hujumlari sababli Ğazoda 2 milliondan ortiq aholining aksariyati öz uy-joyini taşlab ketişga majbur bölgan. Hozirda ular vayron bölgan uylar yoki vaqtinçalik çodirlarda hayot keçirmoqda.
Xon Yunusdagi lagerda yaşovçi 20 yoşli Amani Abu Selmi töyidan bir neça kun oldin kemiruvçilar uning kiyimlari va marosim buyumlarini kemirib taşlaganini aytdi. U töy uçun kiyiladigan kaşta tikilgan köylagida teşiklarni aniqladi.
“Xursandçiligim qayğuga aylandi. Töy buyumlarimdan ayrildim”, dedi u.Çodirda yaşovçi Halil al-Maşharaviyning sözlariga köra, kalamuş 3 yoşli öğlining qöl va oyoqlarini tişlab olgan. 24 aprel kuni uning özini tişlagan. U rafiqasi bilan tunda navbatçilik qilib, bolalarni kalamuşlardan himoya qilayotganini aytdi.
“Ular bizga uyquda bölgan paytimiz hujum qiladi. Kalamuşlar bir-ikki kun ğoyib bölişi mumkin, keyin yana köriniş beradi”, dedi Ğazo şimolidagi Tuffa mahallasidagi xarobalarda oilasi bilan yaşaydigan 26 yoşli Al-Maşharaviy.
“Tunda uxlay olmaymiz! Agar uxlasak, bolalarni tişlaydi, bizni bezovta qiladi. Sassiqközan va kalamuşlar juda köp. Bunga çidab bölmaydi. Kalamuşlar kiyimlarimizni teşib, unimizni yedi”, deydi Ğazo şahridagi çiqindi poligoni yonida tört nafar farzandi bilan yaşaydigan Rizq Abu Laylo.



Isroil harbiy idorasi (COGAT) sanitariya muammosini hal qiliş uçun sönggi haftalarda anklavga qariyb 90 tonna zararkunandalarga qarşi kuraşiş vositasi va 1000 dan ortiq qopqonlar olib kirişni maqullagan.
“Şifoxonalarda har kuni kemiruvçilar bilan boğliq holatlar tufayli murojaat qilayotgan bemorlar, ayniqsa bolalar va keksalar qayd etilmoqda”, dedi Abu Selmiya.