Isroil armiyasining blokadadagi Ğazo sektorining turli hududlariga ertalab uyuştirgan hujumlari natijasida 29 kişi halok böldi
3-07-2025, 09:40
112 марта
Isroil armiyasining blokadadagi Ğazo sektorining turli hududlariga ertalab uyuştirgan hujumlari natijasida 29 kişi halok böldi, ular orasida gumanitar yordam kutayotgan 10 nafar falastinlik bor.Zarbalarning asosiy nişoni tinç aholi va yordam kutayotgan içki köçirilganlar böldi.
Tibbiy manbalar va guvohlarga köra, Ğazo janubidagi Xon-Yunus şahrida Isroil kuçlari Al-Mevasi tumanidagi uyga hujum qilib, ikki falastinlikni öldirgan.
Xon-Yunusda köçirilgan falastinliklarga tegişli 3 ta çodirning bombardimon qilinişi oqibatida 12 kişi halok böldi.
Bundan taşqari, Xon-Yunus markazida Isroil kuçlari falastinliklarga hujum qildi, 3 kişi halok böldi, yana ikki falastinlikning jasadi şaharning turli hududlarida vayronalar ostidan çiqarib olindi.
Ğazo markazidagi Salahaddin şohköçasida Isroil armiyasi oziq-ovqat izlab gumanitar punktlarga yöl olgan falastinliklarga qarata öq uzdi, 10 kişi halok böldi, 50 dan ortiq kişi jarohatlandi.