AQŞ bunkerlarga qarşi yangi yadro qurolini işlab çiqişni boşladi
4-05-2026, 07:21
108 марта

AQŞ bunkerlarga qarşi yangi yadro qurolini işlab çiqişni boşladi
Gap samolyot orqali yetkaziladigan Nuclear Deterrent Nuclear Deterrent System-Air-delivered (NDS-A) nomli aviatsion yadroviy öq-dori loyihasi haqida ketmoqda. Bunday bombalar qömondonlik punktlari, omborlar, şaxta majmualari va qalin tuproq yoki beton qatlami bilan himoyalangan boşqa obektlarga zarba beriş uçun möljallangan.
“NDS-A prezidentga zarba beriş qiyin bölgan va yerostida çuqur joylaşgan nişonlarni yöq qiliş uçun qöşimça yadroviy imkoniyatlar yaratadi. Bu esa duşmanlar özlarining qimmatli aktivlarini Amerika yadroviy kuçlari qöli yetmaydigan joyga yaşira olmasligini kafolatlaydi”, dedi AQŞ Milliy yadroviy xavfsizlik boşqarmasi (NNSA) vakili.Yadro quroli sohasidagi istiqbolli işlanmalar dasturi uçun byudjet sörovida 99,8 million dollar közda tutilgan. Naşrga köra, NDS-A avvalgi B61-7 asosida yaratilgan va portlaşdan oldin yerga kirib borişga imkon beruvçi mustahkamlangan korpusga ega B61-11 ning örnini bosişi mumkin.
B61 — AQŞ strategik kuçlarining asosiy yadroviy quroli hisoblangan termoyadroviy aviabombadir. U 1960 yillarda işlab çiqilgan öq-dori asosida yaratilgan.