USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroil nega AQŞning bunker bombasi bilan Eron yadro poligoniga zarba bermoqçi?

246 марта
Isroil nega AQŞning bunker bombasi bilan Eron yadro poligoniga zarba bermoqçi? 

AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron örtasidagi harbiy ziddiyatlar kuçayib borayotgan bir paytda Qöşma Ştatlarning harbiy aralaşuvi böyiça variantlarni körib çiqayotganini aytdi. Bu haqda Al Jazeyera xabar berdi A.C

Tramp “kelasi hafta muhim bölişi”ni takidladi va Eron rasmiylarining muzokaralar olib borişga intilayotganini qöşimça qildi. Biroq AQŞ rahbari muzokaralar uçun keç bölgan bölişi mumkinligini ham istisno etmadi.



Rasmiylar va mutaxassislar AQŞning 13 tonnalik bunker bombasigina Tehron yadro dasturining asosi hisoblangan va toğda joylaşgan Fordo yersosti uranni boyitiş zavodini yöq qilişga qodirligini aytmoqda. Qöşma Ştatlar B-2 bombardimonçi samolyotlari yordamida yetkazib beriladigan bunday bombalarga ega yagona davlatdir. Agar u Eronga qarşi işlatilsa, bu AQŞning faol aviazarbalar berişini anglatadi.


♦ Bunker bombalar qanday xususiyatga ega?

Bu oddiy bombalar yetib bora olmaydigan, yerostida çuqur joylaşgan nişonlarni yöq qilişga möljallangan bombalarning umumiy nomi. AQŞ armiyasining eng kuçli bunker bombasi GBU-57 Massive Ordnance Penetrator hisoblanadi. Uning oğirligi taxminan 13 600 kg bölib, jangovar qismi 2700 kilonitaşkil etadi. Qattiq pölatdan tayyorlangan va 60 metrgaça yer ostiga kirib portlaş imkoniyatiga ega.

B-2 Spirit — AQŞning yaşirin bombardimonçi samolyoti bölib, hozirda GBU-57ni taşiş uçun möljallangan yagona uçoqdir. U bir vaqtning özida ikkita bunker bombani taşiy oladi. 

AQŞ harbiy-havo kuçlari takidlaşiça, bir neçta bombani ketma-ket, bitta yoki bir neçta samolyot yordamida taşlaş mumkin. Bu esa har bir zarbaning çuqurroq kirib borişiga imkon beradi va umumiy tasirni körsatadi.
Isroil AQŞ işlab çiqargan GBU‑28va BLU‑109 kabi bunker bombalaridan foydalanadi. Bu bombalar odatda F‑15 kabi qiruvçi samolyotlar orqali taşlanadi. Biroq ular çuqur yerostidagi nişonlarga, jumladan, Eronning Fordo yadro markaziga yetib bora olmaydi. Isroil 2024-yilda “Hizbulloh” yetakçisi Hasan Nasrullohni Bayrutdagi yer osti ştab-kvartirasida öldiriş uçun ketma-ket BLU-109 bombalaridan foydalangan.



♦ Eronning Fordov yadro inşooti qança çuqurlikda joylaşgan?

Tehrondan taxminan 95 km janubi-ğarbda joylaşgan Eronning Fordo uran boyitiş zavodi havo hujumlari va bunker bombalardan himoyalaniş uçun toğ yonbağriga qurilgan. U taxminan 80-90 metr çuqurlikdajoylaşgan. Fordo inşootining qurilişi taxminan 2006-yilda boşlangan va 2009-yilda işga tuşirilgan. Xuddi şu yili Eron uni rasman tan olgan.

2015-yildagi JSPOA nomi bilan tanilgan Eron yadro kelişuviga köra, Eron Fordodagi uranni boyitiş işlarini töxtatişga va bu joyni ilmiy-tadqiqot markaziga aylantirişga rozi bölgan. Biroq 2018-yilda AQŞ kelişuvdan çiqqanidan söng, Eron bu obektda uranni boyitişni qayta boşladi. Mamlakat uning yadro dasturi faqat tinç maqsadlarda ekanini takidlab kelmoqda.
Malumotlarga köra, Fordo Eron va Rossiyaning yer-havo raketa tizimlari bilan himoyalangan, ammo Isroilning davom etayotgan hujumlari natijasida bu mudofaa tizimlari allaqaçon zarba ostida qolgan bölişi mumkin.

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bu harakatni Eronning raketa va yadroviy salohiyatini yöq qiliş vazifasi sifatida talqin qilib, ularni “mavjudlikka tahdid” deb tariflagan. Rasmiylar Fordo asosiy nişon ekanini tasdiqlagan.
Bu butun operatsiya... haqiqatan ham Fordoni yöq qiliş bilan yakunlanişi şart, degan Isroilning AQŞdagi elçisi Yexiyel Leiter.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: