Eron AQŞning bor qudratini köradi – Tramp
15-06-2025, 19:35
274 марта

Eron AQŞning bor qudratini köradi – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron Qöşma Ştatlarga har qanday şaklda hujum qilsa, AQŞ Qurolli kuçlarining butun kuç-qudratini körişini aytdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirdi.“Agar Eron bizga qandaydir şaklda hujum qilsa, AQŞ kuçlarining butun qudrati ilgari körilmagan miqyosda sizga qarşi işga tuşadi”, deya yozgan AQŞ rahbari.
Şuningdek, Tramp AQŞning Isroil tomonidan Eronga qarşi uyuştirilgan sönggi hujumlarga aloqasi yöqligini takidlagan.
“AQŞ bugungi Isroilning Eronga qarşi hujumida iştirok etmayapti. Biroq biz Eron va Isroil örtasidagi muzokaralarni tezda yakunlab, uşbu qonli mojaroni tugatişimiz mumkin”, deya qöşimça qilgan Tramp.Trampning hujumlarga “AQŞning qöli yöqligi” haqidagi bayonotini Eron tomoni keskin rad etgan. Unga köra, Isroil bunday xavfli agressiya va mintaqada uruş qözğatişga AQŞning hamkorligi, koordinatsiyasi yoki heç bölmaganda ongli roziligisiz qöl ura olmasdi.