USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Tolibon” ayollar diplomini tasdiqlaşni taqiqladi

105 марта

“Tolibon” ayollar diplomini tasdiqlaşni taqiqladi

Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati Taşqi işlar vazirligi afğon ayollarining akademik hujjatlarini tasdiqlaşni rad etmoqda. Bu haqda “Afghanistan International” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Qobulning bir neça aholisi vazirlik darvozasi oldidayoq ularga: “Ayollar hujjatlarini verifikatsiya qiliş (haqiqiyligini tasdiqlaş) endi taqiqlangan”, deya aytganini malum qilgan.
Uşbu qaror amalda köplab ayollarni xorijda öqişni davom ettiriş yoki işga joylaşiş imkoniyatidan mahrum qiladi. Bundan taşqari, şunga öxşaş çeklovlar oliy talim tizimida ham joriy etilgan. Rahbariyat xorijiy oliy öquv yurtlari va taşkilotlari uçun akademik malumotlarni tekşirişni – ham ayollar, ham erkaklar uçun töxtatib turiş haqida körsatma bergan.

Universitetlarga xorijdan talabalarning özlaştirişi, diplomlari va öqiş maqomiga oid sörovlarga javob bermaslik haqida oğzaki topşiriq berilgan. Şu tariqa, xalqaro OTMlar bilan aloqa qiliş va xalqaro talim dasturlari bilan hamkorlik qiliş amalda bloklanmoqda.

Şu bilan birga, uşbu çoralarni keng jamoatçilikka oşkor qilmaslik uçun “jimgina va maxfiy ravişda” amalga oşiriş tavsiya etilgan.

Mamlakat aholisi bu qarorni adolatsiz deb atab, u çet elda talim oliş va işlaş imkoniyatlarini yopib qöyişini takidlamoqda. Avvalroq hukumat oltinçi sinfdan yuqori bölgan qizlarning öqişini taqiqlagan va ayollarning mehnat faoliyatida, jumladan, xalqaro taşkilotlarda iştirok etişini çeklab qöygan edi.
Jahon hamjamiyatining bosimiga qaramay, çeklovlar siyosati özgarişsiz qolmoqda. Yetakçi Haybatulloh Oxundzodaning körsatmalari hamda “Ezgulikni tarğib qiliş va illatlarning oldini oliş” vazirligining qoidalari yangi taqiqlar joriy etiş orqali afğon ayollarining hayotini jiddiy ravişda qiyinlaştirmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: