Afğonistonda qizlar talimi ketma-ket 5-yil taqiqlandi
27-03-2026, 18:25
38 марта

Afğonistonda qizlar talimi ketma-ket 5-yil taqiqlandi
Keça, 26 mart kuni Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining talim vazirligi fors taqvimiga köra yangi öquv yilining oçiliş marosimini ötkazdi. Biroq bu yil ham qizlar talimi taqiqlanganiça qoldi. Bu haqda “Afghanistan International” xabar qildi.Qayd etilişiça, “Tolibon” ketma ket 5 yil 6-sinfdan yuqori bölgan qizlar talimini çeklagan va bunga heç qanday izoh keltirmagan.
Etiborli tomoni, yangi öquv yilining oçiliş marosimi talim vaziridan boşqa köplab rasmiylar iştirokida ötkazilgan.
“Tolibon”ning mamuriy işlar boşqarmasi rahbari Nurulloh Anvar marosimda avvalgi hukumat davridagi öquv dasturi mamlakat ehtiyojlariga javob bermasligini takidlagan. Şuningdek, u yangi dastur ustida işlar davom etayotganini va uni “mamlakat ehtiyojlariga asoslangan holda” yaratiş böyiça harakatlar olib borilayotganini qöşimça qilgan.
Qolaversa, “Tolibon” Afğonistonda maktab va universitet dasturlarini özlarining qatiy diniy talqinlariga muvofiq qayta şakllantirgan, bu esa xalq orasida bolalar kelajagi haqida xavotir uyğotib keladi.
Yangi öquv yili qizlarning maktab va universitetlarga yopiq qolişi yuzasidan noroziliklar davom etayotgan bir paytda boşlandi, “Tolibon” esa diniy maktablarni qurişni oldingidan ham kengaytirgan.
“Tolibon” vakili Zabihullo Mujohidning bildirişiça, talim vazirligi tomonidan 20 000 dan ortiq diniy madrasalar faoliyat yuritmoqda. Unga köra, taxminan 2,5 million talabalar uşbu maktablarda islomiy fanlarni örganib keladi.
Sobiq davlat rahbari Hamid Karzay qizlar uçun maktab va universitetlarni qayta oçiş hamda ayollar uçun iş imkoniyatlari yaratişni talab qilgan. U uşbu taqiq davom etişi mamlakat uçun qaytarilmas oqibatlarga olib kelişi mumkinligini yana bir bor ogohlantirgan.